Sergey Borodin
Sergey Petrovich Borodin [1902. 25.9 (8), Moskva—1974. 22.6, Toshkent) — rus yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1973). 1941-yilgacha Amir Sargijon taxallusi bilan ijod qilgan. V. Ya. Bryusov nomidagi adabiyot institutini tugatib (1926), xalq ogʻzaki ijodi bilan shugʻullangan. Buxoro, Samarqandga uyushtirilgan folkloretnografiya ekspeditsiyalarida qatnashgan (1923— 26). 1950-yildan Toshkentda. "Soʻnggi Buxoro" (1931), "Misrlik" (1932) romanlari va "Us t a qushchi" hikoyalar toʻplami (1934) Oʻrta Osiyo xalklari hayotiga bagʻishlangan. "Samarqand osmonida yulduzlar" turkumidagi (1953— 73) asarlarida ham Oʻrta Osiyo xalqlarining 14-asr oxiri — 15-asr boshlaridagi hayoti aks ettirilgan. Biroq ularda baʼzi tarixiy shaxslar obrazi soxtalashtirilib, bir yoqlamalikka yoʻl qoʻyilgan. Tarixiy roman — "Dmitriy Donskoy" (1941) muallifi. B. ning ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).
Sergey Borodin | |
---|---|
Tavalludi | 12 (25) sentyabr 1902, 8-oktyabr 1902[1] va 25-oktyabr 1902 |
Vafoti | 22-iyun 1974[1] |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |