Sergey Mixaylovich Gramenitskiy (1859.6.9—1919.5.2) — rus maʼrifatparvari. 1881-yil Peterburg universitetini tugatib, dastlab Toshkent erlar gimnaziyasida (1881), soʻngra (1882—93) Toshkent qizlar gimnaziyasida matematika, kosmografiyadan dars bergan. 1892— 1912 yillarda Sirdaryo viloyati xalq bilim yurtlari direktori —bosh inspektor. Gramenitskiy oʻqitish usullari va mazmunini takomillashtirish tarafdori boʻlgan, darsda koʻrgazmali qurollardan foydalanishni keng targʻib qilgan. Uning rahbarligida Turkistondagi rus-tuzem maktablari uchun darslik va dasturlar tuzilgan, oʻzi rus-tuzem maktablari uchun darslik va qoʻllanmalar yozgan. Bulardan asosiysi — 3 qismdan iborat "Kniga dlya chteniya" ("Oʻqish kitobi") kitobi. Gramenitskiy oʻz darsliklari uchun 1900-yilda Parij koʻrgazmasining kumush medali bilan taqdirlangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil