Sergey Gritsayev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sergey Sergeyevich Gritsaev | ||
Tavallud sanasi | 10-may 1961-yil | ||
Tavallud joyi | Selinogorod, Qozogʻiston SSR | ||
Vafot sanasi |
18-may 1996-yil (35 yoshda) | ||
Vafot joyi | Koʻkshetov, Qozogʻiston | ||
Boʻyi | 177 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi |
Sergey Sergeevich Gritsaev[1] (1961-yil 10-may, Tselinograd, Qozoq SSR, SSSR — 1996-yil 18-may, Koʻkshetov, Qozogʻiston) — sovet va qozoq futbolchisi. Selinogradning „Selinnik“ jamoasi qoshidagi oʻquv maktabida futbolga oid bilimlarni olgan.
Futbolchilik faoliyati
tahrirSportdagi faoliyatini 1977-yilda Ostonaning „Selinnik“ jamoasida boshlagan. 1980-yilda SSSR harbiy xizmatiga chaqirildi va armiyada xizmat qildi. 1982-yil harbiy xizmat yakunlaganidan soʻng yana Selinnik jamoasi tarkibiga qaytdi. 1983-yilda Sergey sport rejimini buzgani uchun shartnomasi tugatilgan[2].
1985-yilda u Qozogʻistonning bosh jamoasi „Ekibastuzets“ klubi tarkibiga oʻtdi. Ekibastuzets klubi uchun 1984-yildagi mavsumda 18 ta gol urdi, bu oʻsha davrda jamoaning bir mavsumdagi rekordi edi.
1986-yil oʻzini sermahsul oʻyinlari natijasida oʻsha davrning Qozogʻistonning kuchli jamoalari „Traktor“ va „Shaxtyor“ (Qaragʻandi) jamoalari tarkibida toʻp surdi. 1991-yilgi mavsumda bir mavsum davomida Kosonsoyning „Kosonsoy“ jamoasi tarkibida toʻp surdi.
1990-yilda u Ostonaning Selinnikga qaytib keldi. 1992-yilda Qozogʻiston chempionatida tarixda „Selinnik“ jamoasining birinchi golini urgan futbolchi sifatida tarixga kirdi. Shu yilning oʻzida Qozogʻiston chempionatida birinchi boʻlib bitta oʻyinda 5 ta gol (penta trik) muallifiga aylandi[3].
1994-yilda u Rossiya birinchi ligasining „Zvezda Perm“ jamoasida oʻynagan. 1995-yilda „Amkar“ klubiga koʻchib oʻtdi va u yerda dastlabki rasmiy oʻyinidayoq gol muallifiga aylandi[4].
1996-yilda Qozogʻiston chempionatiga qaytib keldi va Koʻkshetovning „Kokshe“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Koʻkshetov jamoasi tarkibidagi 3-oʻyinida Gritsayevning uning yuragi toʻxtab qoldi va vafot etdi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ „: FootBook :. Сайт футбольной статистики“. 2021-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-yanvar.
- ↑ „История ФК «Целинник» в 1983“ (ru). Сайт болельщиков ФК «Астана-1964». 2013-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-fevral.
- ↑ „Tselinnik“ Akmola — „Urales“ Uralsk — 6:0 01.06.1992
- ↑ „На футбольной орбите: иностранец из… Казахстана“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-dekabr.
- ↑ „Турнир памяти Сергея Грицаева“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 20-dekabr.
Havolalar
tahrir- Gritsaev Sergey (10.05.1961) (Wayback Machine saytida 2019-06-18 sanasida arxivlangan)