Sergey Kot
Sergey Vladimirovich Kot ( 1960-yil 7-yanvar) — sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, yadro uloqtirish va disk uloqtirish bo‘yicha ixtisoslashgan. XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, ikki karra Osiyo chempionati sovrindori, Markaziy Osiyo o‘yinlari g‘olibi.
Sergey Vladimirovich Kot | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi | 7-yanvar 1960-yil |
Sport | |
Qaysi sport | yengil atletikachi |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osio chempionati | ||
Kumush | Manila 1993 | disk |
Bronza | Manila 1993 | yadro |
Markaziy Osiyo o‘yinlari | ||
Oltin | Dushanba 2003 | yadro |
Sport faoliyati
tahrir1979-yilda o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida Sergey disk uloqtirish bo‘yicha 55,44 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ladi. 1985-yilda Bokudagi (Ozarbayjon SSR) Butunittifoq musobaqalarida yadro uloqtirish bo‘yicha birinchi o‘ringa munosib ko‘riladi. 1986-yilda Kiyevda (Ukraina SSR) o‘tkazilgan tanlovda g‘alabaga erishadi va Bokuda ikkinchi o‘rinni egallaydi. 1987-yilda Sergky Kot Novosibirskda (RSFSR) bo‘lib o‘tgan musobaqada yutib chiqadi va kelasi yil Olmaotada (Qozog‘iston SSR) birinchi o‘rinni, ammo u Odessada bor-yo‘g‘i uchinchi o‘rinni tutadi.
Sergey 1993-yilda Maniladagi (Filippin) yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida yadro uloqtirish bahslarida 17,85 metr natija qayd etib bronza, disk uloqtirishda 54,90 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritadi[1]. Biroq Shtutgartda (Germaniya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida u muvaffaqiyatsiz ishtirok etadi va saralash bosqichida 18,22 metr natija bilan bor-yo‘g‘i 11-o‘rinni egallaydi [2] .
1994-yilda Xirosimadagi (Yaponiya) Yozgi Osiyo o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha musobaqasida to‘rtinchi o‘ringa chiqadi[3] . 1995-yilda Toshkentda ikkinchi o‘rin, Gyoteburgda (Shvesiya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida yana unga omad kulib boqmaydi[4]. 1996-yilda Atlanta (AQSH) Yozgi Olimpiada o‘yinlarida u saralash bosqichida 16,51 metr masofaga yo‘naltiradi, ammo bu musobaqaning finalga chiqish uchun yetarli emas edi[5] .
1998-yilda Bangkokdagi (Tailand) yozgi Osiyo o‘yinlarida u 17,91 metr natija bilan atigi beshinchi o‘rinni tutadi[6]. 2003-yilda Dushanbadagi (Tojikiston) Markaziy Osiyo o‘yinlarida yadro uloqtirish bo‘yicha oltin medalni olishga muvaffaq bo‘ladi [7] .
2007-yilda Sergey Kot oilasi bilan Truymyasto (Polsha) ko‘chib o‘tadi. Uning qizi Oksana ham yengil atletika bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanib keladi[8] .
Manbalar
tahrir- ↑ „Asian Championships“. www.gbrathletics.com. 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „Past Results“. web.archive.org (2004-yil 12-dekabr). 2004-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „Athletics“. web.archive.org (1997-yil 4-avgust). 1997-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „Men Shot Put Athletics V World Championship 1995 Goteborg, Sweden - Wednesday 09.08 - Gold Medal: John Godina, United States“. www.todor66.com. 2021-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „Olympic Games 1996 Atlanta Athletics“. web.archive.org (2007-yil 30-sentyabr). 2007-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „ATHLETICS ASIAN GAMES“. www.todor66.com. 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „Olympic Council of Asia : Games“. web.archive.org (2014-yil 27-fevral). 2014-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
- ↑ „Oksana KOT | Profile | World Athletics“. www.worldathletics.org. 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.