Sergey Pavlinov
Sergey Mykolayovich Pavlinov (1944-yil 19-sentyabr, Samarqand)— Kiyev Milliy akademik operetta teatri aktyori. Ukraina xalq artisti unvonini qoʻlga kiritgan(1999).
Sergey Pavlinov | |
---|---|
Tavalludi |
19-sentyabr 1944-yil |
Fuqaroligi | |
Kasbi | Aktyor |
Biografiyasi
tahrirSergey Mykolayovich Pavlinov 1944-yil 19-sentybar kuni Samarqand shahrida tugʻilgan. Uning bobosi Leningrad universitetining tarix fani boʻyicha professori Sergey Ilich Plotnikov oilasi bilan birga „xalq dushmani“ sifatida Oʻrta Osiyoga surgun qilinagn edi[1]. Otasi Samarqand drama teatri aktyori, onasi gidromelioratsiya sohasida ishlagan. Sergeyning ota-onasi oʻgʻillarini quruvchi usta boʻlishlarini xohlashgan: „Sen avvalo usta boʻlasan, keyin xohlaganingcha qoʻshiq aytishing mumkin“. Ota-onasining maslahati bilan Sergey gidromelioratsiya texnikumiga oʻqishga kirgan, uni tugatgandan soʻng onasi bilan bir tizimda ishlagan va beshta 100 xonadonli „Xrushchevlar“ turar joy kompleksini qurgan[1]. Keyinchalik qurilish institutini ham muvaffaqiyatli tamomlagan.
Xonandaning isteʼdodi armiyada namoyon boʻla boshlagani, u yerda Sergey Pavlinov birinchi marta guruh qoʻshiqchisi boʻlgan va oradan koʻp vaqt oʻtmay Rostov-Dondagi harbiy qoʻshiq va raqs ansamblida chiqish qilgan. Harbiy xizmatdan soʻng u Moskva konservatoriyasiga oʻqishga kirishga qaror qilgan, ammo taqdir uni Gnesiny nomidagi Moskva davlat musiqa va pedagogika institutiga oʻqishga olib kelgan. Uning ustozi mashhur opera xonandasi Nataliya Dmitrivna Spiller boʻlgan[2].
Krasnodar operetta teatrida uch yil ishlagandan soʻng, Sergey Nikolayevich oʻzining keyingi taqdirini Kiyev bilan bogʻlagan, u Kiyev Milliy akademik operetta teatrida faoliyat koʻrsata boshlagan, Kiyevga Sergeyni 1980-yilda teatrning bosh rejissyori Vladimir Volodimirovich Begma taklif qilgan.
U dunyoning koʻplab mamlakatlarida, xususan, AQSh, Italiya, Fransiya, Polsha, Chexiya, Moʻgʻuliston, Bolgariya sahnalarida chiqishlar qilgan.
U Ukraina Oliy Radasining Faxriy yorligʻi, III darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Станеш прорабом, а тоді співай скільки захочеш“. 10 грудня 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 грудня 2014.
- ↑ „Едуард Овчаренко. Корабель в океані оперети та мюзиклу“. 10 грудня 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6 грудня 2014.