Sergey Shoygu

Rossiya siyosatchisi (1955-yilda tug'ilgan)

Sergey Kujugetovich Shoygu (ruscha: Серге́й Кужуге́тович Шойгу́, tiva tilida: Сергей Күжүгет оглу Шойгу; 21-may 1955) Rossiya harbiy arbobi, 2012-yildan buyon amaldagi mudofaa vaziri, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Mudofaa vazirlari kengashi raisi[1][2]. Xalqaro oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruvchilar federatsiyasi Prezidenti[3][4][5]. 2012-yilda qisqa muddat Moskva viloyati gubernatori lavozimida ishlagan. Vladimir Putinning yaqin va ishonchli ittifoqchisi[6][7].

Sergey Shoygu
Сергей Шойгу
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik
Kengashi kotibi
Mansab davri
12-may 2024-yil – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Mixail Mishustin
Prezident Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Nikolay Patrushev
Rossiya mudofaa vaziri
Mansab davri
2012-yil 6-noyabrdan – 7-may 2024-yil
Hukumat boshligʻi Dmitriy Medvedev
Mixail Mishustin
Prezident Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Anatoliy Serdyukov
Vorisi Andrey Belousov
MDH mudofaa vazirlari kengashi raisi
Mansab davri
2012-yil 11-dekabrdan
Oʻtmishdoshi Anatoliy Serdyukov
Moskva viloyati gubernatori
Mansab davri
2012-yil 11-maydan – 6-noyabrgacha
Oʻtmishdoshi Boris Gromov
Vorisi Ruslan Tsalikov (v. b.)
Birlashgan Rosssiya partiyasi raisi
Mansab davri
2001-yil 1-dekabrdan – 2005-yil 15-aprelgacha
Oʻtmishdoshi Lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Boris Grizlov
Rossiya Bosh vazirining oʻrinbosari
Mansab davri
2000-yil 10-yanvardan – 2000-yil 18-maygacha
Hukumat boshligʻi Vladimir Putin
Mixail Kasyanov (v. b.)
Prezident Vladimir Putin
Birlik partiyasi raisi
Mansab davri
1999-yil 15-oktyabrdan – 2001-yil 1-dekabrgacha
Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
1991-yil 17-apreldan – 2012-yil 11-maygacha
Hukumat boshligʻi
Prezident Boris Yeltsin
Vladimir Putin
Dmitriy Medvedev
Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Vladimir Puchkov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Sergey Kujugetovich Shoygu

21-may 1955-yil (1955-05-21) (69 yosh)
Chadan
Siyosiy partiyasi Birlashgan Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Irina Shoygu
Bolalari Yuliya
Kseniya
Mukofotlari Andoza:Rossiya qahramoniVatan oldidagi xizmatlari uchun II darajali ordeniVatan oldidagi xizmatlari uchun III darajali ordeni
Mansubligi Sovet Ittifoqi
Rossiya bayrogʻi Rossiya
MDH
Qoʻshin turi Fuqaro mudofaasi
Xizmat yillari 1991-yildan
Unvoni Armiya generali

Hayoti

Shoygu 1955-yil 21-mayda Tuva avtonom viloyatining Chadan shahrida etnik tuvalik gazeta muharriri Kujuget Shoygu (1921–2010) va ukrainalik Aleksandra Yakovlevna Shoygu (1914—2014) oilasida tugʻilgan[8]. Aleksandra Shoygu Donbasning Kadiivka shahrida oʻsgan. Ikkinchi jahon urushi paytida nemis bosqinchi kuchlari hibsxonasida qiynoqlarni boshdan kechirgan[9][10]. Keyinchalik oʻz faoliyati davomida Tuva viloyat xalq deputatlari kengashining deputati boʻldi[11]. Kujuget Shoygu Kommunistik partiyaning Tuva viloyat qoʻmitasi kotibi lavozimiga koʻtarildi va respublika kommunistik hokimiyat tuzilmasidagi yirik shaxsga aylandi[12][13].

Tuva ASSR Qizil 1-sonli maktabni tugatgach[14], Shoygu Krasnoyarsk politexnika institutida tahsil oldi. Shoygu 1977-yilda qurilish muhandisi mutaxassisligini tamomlagan[15].

Shoygu keyingi oʻn yil davomida butun mamlakat boʻylab qurilish loyihalarida ishladi va past darajadan yuqori lavozimga koʻtarildi. 1988-yilda Shoygu Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining Abakan boʻlimida, komsomolda kichik funksioner boʻldi. 1990-yilda Shoygu Sibirdan Moskvaga koʻchib oʻtdi va otasining yordami bilan Rossiya Federatsiyasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi[16]. Boʻlajak prezident Boris Yeltsin ham qurilish qoʻmitasida xuddi shunday lavozimni egallagan edi. Shu tufayli Shoygu Yeltsinning ishonchini qozongan[17].

1991-yilda Yeltsin uni qutqaruv va tabiiy ofatlarga javob berish tizimi uchun mas’ul boʻlgan yangi tashkil etilgan Rossiya Qutqaruv korpusining rahbari etib tayinladi. Qutqaruv korpusi sobiq sovet fuqaro mudofaasi tizimining oʻrniga paydo boʻldi. Mudofaa vazirligining 20 ming kishilik harbiylashtirilgan fuqaro mudofaasi qoʻshinlarini oʻziga oldi. Shoygu Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish davlat qoʻmitasining raisi etib tayinlandi. Fuqaro mudofaasi Sovet amaliyotini davom ettirgan holda kvazi-harbiy tashkilot boʻlib qoldi. Shoygu 1992-yilda Rossiya tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Afgʻoniston Prezidenti Muhammad Najibulloni evakuatsiya qilishga muvaffaqiyatsiz urinish, 1993-yil oktyabrdagi davlat toʻntarishida fuqaro mudofaasi zaxiralaridan qurollarni Yeltsin tarafdorlariga tarqatish kabi siyosiy voqealarda ishtirok etdi. Rossiya fuqarolik mudofaasining harbiylashtirilgan xususiyatiga muvofiq, Shoygu 1993-yilda general-mayor[18], 1995-yilda general-leytenant[19], 1998-yilda general-polkovnik[20], 2003-yilda armiya generali unvoniga koʻtarildi[21]. Qoʻmita 1994-yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (MChS) deb oʻzgartirildi va Shoygu hukumat vaziri etib tayinlandi[22]. Shoygu davrida 2002-yilda vazirlikning mas’uliyati Rossiya Davlat yongʻin xizmatini qabul qilib, kengaytirildi va MChS Rossiyaning uchinchi yirik kuch tuzilmasiga aylandi[23].

1999-yilda „Vatan – Butun Rossiya“ ittifoqining hukumatparast „Birlik“ partiyasining yetakchilaridan biriga aylandi. Birlik Vladimir Putinning prezidentlikka koʻtarilishiga imkon berdi. 2001-yilda hukmron "Yagona Rossiya" partiyasiga birlashtirildi, ammo Shoygu birlashishga qarshi ovoz bergan yagona delegat edi[24]. 1999-yilda Shoygu Rossiyaning eng nufuzli davlat mukofoti – Rossiya Federatsiyasi Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi[25].

Ikkinchi jahon urushi davrida Sovet harbiy taktikasini tanqid qilishni jinoyat deb hisoblaydigan qonunni taklif qildi[26].

Yigirma yildan ortiq Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ishlagan Shoygu Vladimir Putin bilan yaqin munosabatlar oʻrnatgan va 2012-yilda Moskva viloyati gubernatori etib tayinlangan[27][28].

2012-yil 6-noyabrda Shoygu Rossiya-Gruziya urushidagi natijalariga javoban Rossiya Qurolli Kuchlarida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirgan Anatoliy Serdyukovning oʻrniga Putin tomonidan Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Ekspert Sergey Smirnovning soʻzlariga koʻra, „Peterburg guruhi“ deb ataladigan „silovik“lar (Sergey Ivanov, Sergey Chemezov va Viktor Ivanov) oʻz sheriklaridan birini Serdyukov oʻrniga boʻlishini xohlashgan, biroq Putin klanni kuchaytirishni istamagan va neytral Shoyguni tanlagan[29][30].

2013-yil iyul oyida Shoygu qoʻmondonlarga har kuni ertalab kazarmada Rossiya madhiyasini ijro etishni, harbiy-vatanparvarlik kitoblarini majburiy oʻqitishni va demobilizatsiya albomlarini (esdalik daftarining bir turi) tayyorlash uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishni buyurdi[31]. 2013-yil avgust oyida Mudofaa vazirligining barcha xodimlariga xodimlariga majburiy forma kiyishni buyurdi[32].

2014-yil fevral oyida Shoygu Rossiyaning Vyetnam, Kuba, Venesuela, Nikaragua, Seyshel orollari, Singapur va boshqa davlatlar bilan doimiy harbiy bazalarni joylashtirish va/yoki samolyotlarga yonilgʻi quyish stansiyalarini joylashtirish boʻyicha shartnomalar rejalashtirayotganini aytdi[33]. Keyingi yil davomida faqat Vyetnam bilan shartnoma imzolandi[34].

2022-yil 23-fevralda Yevropa Ittifoqi Shoyguni Ukrainaning hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga, shuningdek, Ukrainadagi barqarorlik yoki xavfsizlikka putur yetkazuvchi va tahdid soluvchi harakatlar, siyosatlarni faol qoʻllab-quvvatlash uchun javobgar deb hisobladi. Shu sababli, Yevropa Ittifoqi Shoyguni 269/2014-sonli Nizom (EI) 1-ilovasida koʻrsatilgan jismoniy va yuridik shaxslar roʻyxatiga qoʻshdi[35][36].

2022-yil 25-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Qoʻshma Shtatlar Shoyguni taqiqlangan shaxslar roʻyxatiga kiritdi. Shoygu Buyuk Britaniya hukumati tomonidan 2022 yilda Rossiya-Ukraina urushi munosabati bilan sanksiyalangan edi[37].

Manbalar

  1. Seibt, Sébastian. „Shoigu and Gerasimov: Masters of Putin's wars“. France 24 (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  2. Kirby, Paul. „Ukraine conflict: Who's in Putin's inner circle and running the war?“. BBC News (2022-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  3. „General information about Federation“ (Wayback Machine saytida 24-aprel 2012, sanasida arxivlangan)
  4. Шойгу Сергей. „Эхо Москвы :: Без дураков: Сергей Шойгу“. Эхо Москвы. Qaraldi: 8-dekabr 2015.
  5. „Первой школе Кызыла - 95 лет“. Qaraldi: 25-dekabr 2016.
  6. Kirby, Paul. „Ukraine conflict: Who's in Putin's inner circle and running the war?“. BBC News (2022-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  7. Seibt, Sébastian. „Shoigu and Gerasimov: Masters of Putin's wars“. France 24 (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  8. „Встреча с главой Минобороны Сергеем Шойгу“. // ʻʻОфициальный сайт Президента Россииʻʻ (8-oktyabr 2015). Qaraldi: 8-oktyabr 2015.
  9. „Funeral of Alexandra Shoigu in Moscow“. tuvaonline.ru (2011-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-sentyabr.
  10. „Зеленодольские корабли нанесли удары по ИГИЛ из Каспийского моря“. // БИЗНЕС Online. Деловая электронная газета Республики Татарстанʻʻ (7-oktyabr 2015). 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-oktyabr 2015. (Wayback Machine saytida 2019-05-03 sanasida arxivlangan)
  11. „Крылатый "Калибр" против терроризма — ракетные удары кораблей Каспийской флотилии по объектам ИГИЛ“. // Официальный сайт «Первого канала» (7-oktyabr 2015). Qaraldi: 7-oktyabr 2015.
  12. „В Москве прощаются с Александрой Шойгу“ (ru). tuvaonline (2011-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  13. Kaspe, Svyatoslav. „The puzzle of Sergey Shoygu“. GIS Reports (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  14. „Первой школе Кызыла - 95 лет“. Tuvaonline.ru. Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  15. „Шойгу Сергей Кужугетович. Министр обороны Российской Федерации, генерал армии“. Qaraldi: 2023-yil 25-iyun.
  16. 0divider. „Сергей Шойгу · Биография“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-dekabr.
  17. Kaspe, Svyatoslav. „The puzzle of Sergey Shoygu“. GIS Reports (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  18. „Указ Президента Российской Федерации от 26.04.1993 г. No. 565“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  19. „Указ Президента Российской Федерации от 05.05.1995 г. No. 469“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  20. „Указ Президента Российской Федерации от 08.12.1998 г. No. 1546“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  21. „Указ Президента Российской Федерации от 07.05.2003 г. No. 508“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
  22. Kaspe, Svyatoslav. „The puzzle of Sergey Shoygu“. GIS Reports (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  23. Renz, Bettina. Russia's Military Revival (en). John Wiley & Sons, 27 April 2018. ISBN 978-1-5095-1618-6. 
  24. Kaspe, Svyatoslav. „The puzzle of Sergey Shoygu“. GIS Reports (2021-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-may.
  25. „Указ Президента Российской Федерации от 20.09.1999 г. No. 1249“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.
  26. „Russia to outlaw criticism of WWII tactics“. The Telegraph (2009-yil 5-mart).
  27. Shoigu Tipped as Next Moscow Region Governor, The Moscow Times.
  28. „Murmansk Governor Out, New Moscow Region Governor In - News“. The Moscow Times. Qaraldi: 2015-yil 8-dekabr.
  29. „Министр обороны Сергей Шойгу на новом посту рискует растерять свой высокий рейтинг“. Gazeta.ru (2013-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 8-dekabr.
  30. „Trip to Siberian Federal District“ (en). President of Russia (2021-yil 21-mart). Qaraldi: 2022-yil 5-noyabr.
  31. "Ъ-Огонек - Новая летопись военного строительства [Kommersant-Spark - New chronicle of military construction]". Коммерсантъ. 2 September 2013. http://www.kommersant.ru/doc/2269069. Qaraldi: 8 December 2015. Sergey Shoygu]]
  32. „Golts on Shoygu's Tenure (Part II)“. Russian Defense Policy (2013-yil sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  33. „Russia Seeks Several Military Bases Abroad – Defense Minister“. En.ria.ru (2014-yil 26-fevral). Qaraldi: 2015-yil 8-dekabr.
  34. David Brunnstrom. „U.S. asks Vietnam to stop helping Russian bomber flights“. Reuters (2015-yil 8-mart). Qaraldi: 2020-yil 9-dekabr.
  35. „Russia-related Designations“ (en). U.S. Department of the Treasury.
  36. „EUR-Lex - L:2022:042I:TOC - EN - EUR-Lex“ (en). eur-lex.europa.eu.
  37. „CONSOLIDATED LIST OF FINANCIAL SANCTIONS TARGETS IN THE UK“. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.