Serpentinlanish - oʻta asosli togʻ jinslarining termal suvli eritmalar taʼsirida oʻzgarishi. Bunda suvsiz magnezial silikatlar oʻrnini serpentin guruhiga mansub minerallar egallaydi. S. natijasida serpentinitlar hosil boʻladi. Tra 400—450° dan 90—100° ga teng boʻlgan oralikda S. hodisasi kuzatiladi. Metamorfik S. va metasomatik S. farqlanadi. Metamorfik S. ofiolitli chuqur mintaqalar uchun xos boʻlib, regional metamorfizm jarayonlari bilan uzviy bogʻliq va u boshqa komponentlar miqdori kam darajada oʻzgargan holda jinsda N2O ning ortishi bilan tavsiflanadi (bu esa jinsning dastlabki hajmining ortib ketishiga olib keladi). Metasomatik S. yuqori kimyoviy agressiv eritmalar bilan bogʻliq boʻlib, jinslardan MgO va SiO2 ni (jins hajmining 30% ga yaqini) ajratib chiqaradi, lekin bunda jinslarning dastlabki hajmi saqlanib qoladi. U mahalliy jarayon boʻlib, uncha chuqur boʻlmagan giperbazitlarning intruzivlari uchun xosdir. S. koʻpgina foydali qazilmalar (xrizotilasbest konlari)ni topishda darak beruvchi belgi hisoblanadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil