Serpulidlar
Serpulidlar (serpulidae) — koʻp tukli chuvalchanglar oilasi. Uzunligi 15 sm ga yaqin. Gavdasining oldingi qismi ohak nay ichida joylangan; unda rangli yirik jabra nurlari dastasi joylashgan. Nurlardan biri oqak qopqoqchaga aylangan. Biror hayvon hujum qilganida ana shu qopqoqcha nay ogʻzini yopadi. S. koʻpincha naylari bilan birbiriga yopishib yashaydi. 500 ga yaqin turi maʼlum; barcha dengizlarda tarqalgan. Suvni filtrlab oziqlanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |