Server Mustafayev
Server Rustemovich Mustafayev (ukraincha: Сервер Рустемович Мустафаєв, 1986-yil 5-mayda Ziyadin, Samarqand, Oʻzbekiston) – millati qrim-tatar, huquq himoyachisi va fuqarolik huquqlari tashkiloti boʻlgan Qrim birdamligi koordinatori.
Server Rustemovich Mustafayev | |
---|---|
Tavalludi |
5-may 1986-yil |
Fuqaroligi | Ukraina |
Taʼlimi | Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universiteti |
Kasbi | Inson huquqlari faoli, jamoat arbobi |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirServer Mustafayev 1986-yil 5-mayda Samarqand viloyati Paxtachi tumanining Ziyadin shahrida tugʻilgan. Uning oilasi keyinchalik Qrimga qaytib, Boqchasaroyda yashagan. 2014-yilda Mustafayev siyosiy mahbuslar oilalariga faol yordam berishni boshladi va faoliyati Qrimdagi siyosiy mahbuslar oilalariga huquqiy yordam koʻrsatishga qaratilgan „Qrim birdamligi“ fuqarolik huquqlari tashkilotining koordinatorlaridan biriga aylandi.
2018-yilning 21-may kuni Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Server Mustafayevning Boqchasaroydagi uyida tintuv oʻtkazib, Simferopolga olib ketishadi.
U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205.5-moddaning 2-qismi „Terroristik tashkilot faoliyatida ishtirok etish“ aybi bilan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan „Hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallab olishga tayyorgarlik“ aybi bilan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishinishi mumkin.
Mustafayevning advokati bergan maʼlumotlarga koʻra, unga qarshi yagona dalil sifatida bir nechta qisqa javoblar, jumladan Server Mustafayevning 2016-yil 2-dekabr kuni masjidda boʻlib oʻtgan yigʻilish chogʻida bergan savoli yozilgan audioyozuv bor. Tergov natijalariga qaramay, Mustafayev „Hizb ut-Tahrir“ islomiy tashkilotining yashirin yigʻilishida ishtirok etgan degan xulosaga kelindi.
2020-yil mart oyida Ukraina hukumati uning kasalligiga norozilik bildirib, unda COVID-19 alomatlari borligini, ammo tegishli davolanishdan bosh tortganini aytdi[1].
2020-yil 16-sentabr kuni Mustafayev Rossiya harbiy sudi tomonidan oʻn toʻrt yilga ogʻir tartibli koloniyada jazoni oʻtashga hukm qilindi[2].
Reaksiya
tahrirRossiya fuqarolik huquqlari jamiyati „Memorial“ Server Mustafayevni „Siyosiy mahbuslarni qoʻllab-quvvatlash dasturi“ga kiritdi.
Xalqaro Amnistiya va Front Line Defenders xalqaro tashkiloti Mustafayevning zudlik bilan ozod etilishini talab qilmoqda[3]. Human Rights Watch tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, Mustafayev va yana olti qrim tatariga nisbatan qamoq jazolari Qrim Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan keyin siyosiy sabablarga koʻra sodir boʻlgan jinoiy taʼqiblarning bir qismidir[4].
2018-yil iyun oyida Yevroparlament Rossiya hukumatidan noqonuniy hibsga olingan Ukraina fuqarolarini, jumladan Server Mustafayevni zudlik bilan va soʻzsiz ozod qilishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi[5].
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti qoshidagi AQSh missiyasi qrim-tatar siyosiy mahbuslari, jumladan Server Mustafayevning sogʻligʻidan xavotirda ekanligini bildirdi va uni ozod qilishga chaqirdi[6].
2022-yil 10-dekabr kuni Fuqarolik erkinliklarini himoya qilish markazi rahbari Oleksandra Matviichuk 2022-yilda tinchlik boʻyicha Nobel mukofotini topshirish marosimida oʻqilgan Nobel maʼruzasida Server Mustafayev haqida shunday dedi: „Xalqaro tinchlik va xavfsizlik tizimi endi ishlamaydi. Qrim-tatarlari Server Mustafayev va boshqalar ham inson huquqlarini himoya qilgani uchun Rossiya qamoqxonalariga tashlangan“[7].
Mukofotlari
tahrir2020-yil 21-avgust kuni Mustafayev Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi[8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Kyiv demands Russia treat political Ukrainian prisoner Mustafayev who has COVID-19 symptoms“ (en). Interfax-Ukraine (2020-yil 23-mart). Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
- ↑ „RUSSIA/UKRAINE: FURTHER INFORMATION: CRIMEAN TATAR RIGHTS DEFENDER SENTENCED: SERVER MUSTAFAYEV“ (en). Amnesty International (2020-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
- ↑ Arrest of Server Mustafayev
- ↑ „Russian Repression a Persistent Reality in Crimea“ (en). Human Rights Watch (2020-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
- ↑ „European Parliament resolution on Russia, notable the case of Ukrainian political prisoner Oleg Sentsov“ (English). European Parliament.
- ↑ On Russiaʼs Ongoing Aggression against Ukraine and Illegal Occupation of Crimea
- ↑ „The Nobel Lecture given by Nobel Peace Prize Laureate 2022 Center for Civil Liberties [EN“]. Nobel Prize (2022-yil 12-oktyabr).
- ↑ „Указ президента України №335/2020“ (uk). Офіційне інтернет-представництво Президента України. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.