Servis
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Servis (inglizcha: service — „xizmat“) — jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholiga xizmat koʻrsatish; ishlab chiqarish texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniy-maishiy, xoʻjalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatish sohalari. Servis texnika vositalari, maishiy-roʻzgʻor apparaturasi, kommunal texnikani sozlash va taʼmirlashga nisbatan ham qoʻllanadi. Servis ning quyidagi turlari mavjud: sotuvga qadar va sotuvdan keyin servis (kafolatli, kafolatdan keyingi). Sotuvga qadar servis mahsulotlarni tashish vaqtida sodir boʻlgan nuqsonlarni bartaraf etish, tovarni ish holatiga keltirish, tovarning ishlashini haridorlarga namoyish etish va boshqalarni kamraydi. Sotuvdan keyingi (kafolatli) servis tovarning normativtexnik hujjatida yoki shartnomada shartlashilgan muddatlarda yuz bergan nuqsonlarini oʻz vaqtida bartaraf etishdan iborat. Bunga haridorni buyumni ishlatish qoidalari bilan dastlabki tanishtirishni kiritish mumkin. Kafolatli servis xizmati harajatlari sotish narxiga kiritilgani uchun bunday xizmatlar tekinga koʻrsatiladi. Kafolat muddati oʻtgandan soʻng servis sozlash va zarur qismlar bilan taʼminlash, buyumdan foydalanish boʻyicha maslahat berish va boshqalar, odatda, shartnoma asosida haq olib amalga oshiriladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |