Setouchi (Okayama)
Setouchi (yaponcha: 瀬戸内市 Setouchi-shi ) ― Yaponiyaning Okayan prefekturasi janubiy qismida joylashgan shahar. 31-yanvar, 2023-yil holatiga koʻra, shahar aholisi 36 499 nafar kishini tashkil etmoqda[1]. Shahar umumiy maydoni 125.45 km2 ni tashkil etadi.
Setouchi
瀬戸内市 | |
---|---|
Koordinatalari: 34°40′N 134°6′E / 34.667°N 134.100°E | |
Country | Yaponiya |
Mintaqa | Chūgoku (San'yō) |
Prefektura | Okayama |
Hukumat | |
• Mer | Akinari Takehisa |
Hudud | |
• Umumiy | 125,45 km2 (50 sq mi) |
Aholisi (February 1, 2023) | |
• Umumiy | 36 499 |
• Zichligi | 029/km2 (075/sq mi) |
Vaqt mintaqasi | UTC+09:00 (JST) |
Veb-sayt | Rasmiy sayti |
Geografiyasi
tahrirSetouchi shahri Okayama prefekturasining janubi-sharqida, prefektura maʻmuriy markazidan sharqda joylashgan. Shahar janubiy tomonida Seto ichki dengizi va Setonaikai milliy bog'ining bir qismi mavjud. Geografik hududning katta qismi 100-300 metr balandlikdagi tog' va o'rmonlardan iborat.
Iqlimi
tahrirSetouchi subtropik iqlimga ega. Setouchida oʻrtacha yillik harorat 15.1 °C (59.2 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,150.6 mm (45.30 in). Eng nam oy iyul oyi hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27.3 °C (81.1 °F) va eng past harorat yanvarda, taxminan 4.2 °C (39.6 °F) atrofida boʻladi. 2004-yil 30-iyulda Setouchida eng yuqori harorat 37.4 °C (99.3 °F) qayd etildi. Eng sovuq harorat −7.6 °C (18.3 °F) 1981-yil 27-fevralda qayd etildi[2].
Demografiyasi
tahrirYaponiya statistika qoʻmitasi maʻlumotlariga koʻra, 2020-yilda Setouchi aholisi 36,048 kishini tashkil qilgan. Setouchi shahrida 1950-yildan buyon aholini ro'yxatga olish ishlarini olib borilmoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 41 449 | — |
1955 | 40 619 | −2.0% |
1960 | 38 789 | −4.5% |
1965 | 35 814 | −7.7% |
1970 | 33 769 | −5.7% |
1975 | 35 866 | +6.2% |
1980 | 37 939 | +5.8% |
1985 | 38 838 | +2.4% |
1990 | 38 928 | +0.2% |
1995 | 39 228 | +0.8% |
2000 | 39 403 | +0.4% |
2005 | 39 081 | −0.8% |
2010 | 37 858 | −3.1% |
2015 | 36 975 | −2.3% |
2020 | 36 048 | −2.5% |
Setouchi population statistics[3] |
Hukumat
tahrirSetouchi shahar hokimiyati mer va 18 a'zodan iborat bir palatali shahar kengashidan tashkil topgan. Shahar kengashi mer-kengash boshqaruv tizimida faoliyat koʻrsatadi. Setouchi shahridan Okayama Prefektura Assambleyasiga (OPA) bitta aʻzo saylanadi. Shahar Yaponiya parlamenti quyi palatasining Okayama 2-okrugiga kiradi.
Iqtisodiyoti
tahrirSetouchi shahri aralash iqtisodiyotga ega bo'lib, qishloq xo'jaligi (guruch, qovoq, karam, qo'ziqorin, zaytun yetishtirish), va sanoat tarmoqlariga asoslangan.
Ta'lim
tahrirSetouchida to'qqizta davlat boshlang'ich maktabi, uchta o'rta taʻlim maktabi va Okayama prefekturasi ta'lim kengashiga qarashli bitta davlat o'rta taʻlim maktabi mavjud.
Manbalar
tahrir- ↑ „Setouchi city official statistics“ (ja).
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ Setouchi population statistics