Sevil Shhaideh
Sevil Shhaideh[1] (qizlik familiyasi Geambek (qrim tatarcha: Cambek); 1964-yil 4-dekabrda tugʻilgan) — ruminiyalik iqtisodchi, davlat xizmatchisi va siyosatchisi. 2016-yil 21-dekabrda sotsial-demokratlar tomonidan Ruminiya bosh vaziri lavozimiga taklif qilingan, biroq prezident Klaus Iohannis tomonidan rad etilgan.
Sevil Shhaideh | |
---|---|
Ruminiya Bosh vaziri oʻrinbosari | |
Mansab davri 2017-yil 29-iyun – 2017-yil 17-oktyabr | |
Prezident | Klaus Iohannis |
Bosh vazir | Mihai Tudose |
Oʻtmishdoshi | Augustin Jianu |
Vorisi | Paul Stănescu |
Mintaqaviy rivojlanish, davlat boshqaruvi va Yevropa jamg'armalari vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 4-yanvar – 2017-yil 17-oktyabr | |
Oʻtmishdoshi |
Vasile Dîncu (mintaqaviyrivojlanish va davlat boshqaruvi) Dragoș Dinu (Yevropa fondlari) |
Vorisi | Paul Stănescu |
Mintaqaviy rivojlanish va davlat boshqaruvi vaziri | |
Mansab davri 2015-yil 20-may – 2015-yil 17-noyabr | |
Oʻtmishdoshi | Liviu Dragnea |
Vorisi | Vasile Dîncu |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Sevil Cambek 4-dekabr 1964-yil Konstanta, Ruminiya |
Fuqaroligi | Ruminiya |
Siyosiy partiyasi | Sotsial-demokratik partiya |
Taʼlimi va faoliyati
tahrirShhaideh 1964-yil 4-dekabrda Ruminiyaning Konstanta shahrida tugʻilgan. Onasi Muezel Cambek (qizlik familiyasi Karpat) asli qrim-tatar, otasi Saedin Cambek asli turk[2]. 1987-yilda Buxarest Iqtisodiy fanlar akademiyasining Iqtisodiy rejalashtirish va kibernetika fakultetini tamomlagan. Keyin Konstansa okrugi davlat boshqaruvida ishlagan, keyin loyihalar boʻyicha bosh direktor lavozimiga koʻtarilgan. Xuddi shu davrda Ruminiya okrug kengashlari milliy ittifoqining koordinatori boʻlgan[3][4]. 2012-yildan Mintaqaviy rivojlanish vazirligida davlat kotibi lavozimida ishlagan[5].
2015-yil may va noyabr oylari orasida Shhaideh Liviu Dragneaning oʻrniga Viktor Ponta boshchiligidagi Sotsial-demokratik hukumatda mintaqaviy rivojlanish va davlat boshqaruvi vaziri boʻlgan[6].
2016-yil 21-dekabrda PSD va ALDE partiyalari tomonidan Ruminiya prezidenti Klaus Ioxannisga bosh vazirlikka nomzod sifatida koʻrsatilgan[3]. Dragnea, PSD rahbari, Shhaideh hukumati ustidan umumiy siyosiy mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishini bildirgan[7]. Agar prezident bu taklifnimaʼqullanganida, u bu lavozimni egallagan birinchi ayol va musulmon boʻlar edi. 27-dekabrda hukumat koalitsiyasidan magʻlub boʻlgan Milliy liberal partiyadan chiqqan Iohannis nomzodlikni rad etgan. Bu esa Dragnea hamda Liberallar va Demokratlar ittifoqining kichik koalitsiya hamkori rahbari Kalin Popescu-Tariceanu Ioxannini siyosiy oʻyinchilik va partiyaviylikda ayblagan[8].
Shaxsiy hayoti
tahrirShhaideh oilasi sunniy musulmon diniga eʼtiqod qiladi, Ruminiyada uzoq vaqtdan beri shakllangan turk va tatar etnik ozchiliklariga mansub. Onasi turk tarixchisi Kamol Karpatning jiyani[9][10].
Suriyalik tadbirkor Akram Shhaideh (arabcha: أكرم شحيدة) ga turmushga chiqqan; ruminiyalik siyosatchi Liviu Dragnea 2011-yilda ularning toʻy marosimida ishtirok etgan. 2015-yil iyul oyidan boshlab moliyaviy manfaatlar deklaratsiyasiga koʻra, er-xotin Suriyada uchta, biri Latakiyada va ikkitasi Damashqda boʻlgan mulkka ega[9][11].
Manbalar
tahrir- ↑ „Primul interviu cu Sevil Shhaideh. Dezvăluiri despre amenințările primite“. Antena 3 (2016-yil 29-dekabr).
- ↑ Posta. „Romanya'da Müslüman Türk Başbakan Önerisi: Sevil Shhaideh“. Posta (2016-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 Maria Dicu. „Sevil Shhaideh – propunerea PSD pentru funcţia de premier“. bitpress.ro (2016-yil 21-dekabr). 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ „Sevil Shhaideh, biografie. Cine este propunerea PSD pentru funcția de prim-ministru“. antena3.ro. Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ Cătălin Legănel. „Cine este Sevil Shhaideh, secretarul de stat propus pentru funcţia de ministru al Dezvoltării“. gandul.info (2015-yil 20-may). Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ „Cine este Sevil Shhaideh, noul ministru al Dezvoltării“. digi24.ro (2015-yil 20-may). Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ „Romania's leftists propose ex-development minister for prime minister | Reuters“. reuters.com (2016-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ Paun, Carmen. „Romanian president rejects Muslim woman for prime minister“ (en-US). POLITICO (2016-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 28-dekabr.
- ↑ 9,0 9,1 Sabina Fati. „Un reprezentant al tătarilor în guvernul României: Sevil Shhaideh“. Radio Europa Liberă. Europa Libera (2015-yil 21-may). Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ Daily Sabah. „Muslim, Turkish Sevil Shhaideh set to be Romania's first female prime minister“. Daily Sabah (2016-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.
- ↑ Alina Grigoras Butu. „Update: PSD proposes woman of Turkish origin as Prime Minister. Liviu Dragnea says it will be their only proposal“. The Romania Journal (2016-yil 21-dekabr). 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-dekabr.