Seyshell orollari
Seyshel orollari, Seychelles (Seychelles), Seyshel Orollari Respublikasi (Seychelles Respublikasi) (Republic of Seychelles) – Hind okeanida, Afrikaning sharqiy sohili yaqinidagi Seyshel va Amirant orollari, Aldabra, Farquar va boshqa orollarda joylashgan davlat. Maydoni 405 km². Aholisi 80,1 ming kishi (2002). Poytaxti – Viktoriya shahri. (Mae orolda). BMT aʼzosi
Seychelles Respublikasi Repiblik Sesel République des Seychelles | |
---|---|
Shior: Finis coronat opus (Lotincha: Nihoya ishni nikohlaydi) | |
Madhiya: Koste Seselwa | |
Poytaxt | Viktoriya |
Rasmiy til(lar) |
Ingliz tili Fransuz tili Seychelles tili |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
Jeyms Michel | |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
29-iyun 1976 |
Maydon | |
• Butun |
455 km2 (198-oʻrin) |
• Suv (%) |
ahamiyatsiz |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
81,188 (199-oʻrin) |
• Zichlik | 178/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$626 mil. (202-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$7,710 |
Pul birligi | Seychelles Rupee (SCR) |
Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
• Yoz (DST) |
UTC+4 |
Qisqartma | SE |
Telefon prefiksi | 248 |
Internet domeni | .sc |
|
Davlat tuzumi
tahrirSeyshel orollari – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 18 iyunda maʼqullangan va unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Davlat boshligʻi – prezident (1977-yildan Frans Alber Rene), u toʻgʻri umumiy saylov yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy majlis, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
tahrirSeyshel orollari materikdan, ayrimlari marjonlardan hosil boʻlgan. Eng bal. joyi 905 m (Mae orolda). Yirik orollari – Mae, Siluet, Praslen, LaDig. Iqlimi subekvatorial, dengiz iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 26—28°. Yillik yogʻin 4000 mm gacha (asosan, yezda). Marjon orollari tarkibidagi ohaktoshlar namni oʻzida saqlamaydi, shu sababli ularni xoʻjalik jihatidan oʻzlashtirib boʻlmaydi. Yirik orollarning ichki hududlarida doim yashil tropik oʻrmonlar saqlanib qolgan, ularda faqat mahalliy jaydari oʻsimliklar (jumladan, seyshel palmasining qad. turi) oʻsadi. Bahaybat filsimon toshbaqa va qush koʻp. Aldabra, Kuzen va boshqa rezervatlar, SentAnn dengiz milliy bogʻi bor.
Aholisi
tahrirAholisining aksariyati seyshelliklar yoki kreollar (asosan, koʻchib kelgan fransuzlar va afrikalik qullarning avlodlari, umumiy soni 65 ming kishi); hindlar, malagasilar, xitoylar, inglizlar ham yashaydi. Rasmiy tillar – kreol, ingliz va fransuz tillari. Aholining 90% xristiankatolik, qolganlari – musulmon, hindular va konfutsiychilar. Shahar aholisi 55,3%.
Tarixi
tahrirSeyshel orollari qad. arab va hind dengiz sayyoxlariga maʼlum boʻlgan. 1609-yil bu orollarga ingliz dengiz sayyohlari kelib tushgan. 18-asr oʻrtalarida fransuzlar bosib olib, Fransiya moliya vaziri Moro de Seshell nomi bilan atashgan. 1794-yil uni inglizlar egallab olgan. 1903-yildan Buyuk Britaniya mustamlakasi. Mahalliy xalq mustamlakachilarga qarshi tinimsiz kurash olib bordi. 20-asr oʻrtalarida siyosiy partiya va kasaba uyushmalari tuzildi, ular xalqning ozodlik yoʻlidagi kurashiga boshchilik qildi. 1970 i. Seyshel orollariga ichki muxtoriyat berilib, Qonun chiqaruvchi assambleya tuzildi, 1976-yil 29 iyunda mustaqillikka erishdi. Seyshel orollari 1976-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 18 iyun – Millat kuni (1993).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
tahrirDemokratiyu partiya, 1992-yil tuzilgan; Seyshel xalqi taraqqiyot fronti, 1978-yil tashkil etilgan; Seyshel milliy partiyasi, 1993-yil asos solingan. Seyshel ishchilari ittifoqi federatsiyasi kasaba uyushma birlashmasi, 1978-yil tuzilgan.
Iqtisodiyoti
tahrirSeyshel orollari – agrar mamlakat. Baliq ovlash va xorijiy sayyohlik muhim ahamiyatga ega. Yalpi ichki mahsulotda qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliq ovlash ulushi 4,1%, sayyohlik ulushi 12,3%, sanoat va kurilishning ulushi 20,5%. Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining asosini tashkil etadi. Kokos palmasi, kofe, tamaki, meva, sabzavot, moyli ekinlar, ziravorlar, choy yetishtiriladi. Qoramol, choʻchqa boqiladi. Kopra va vanilni qayta ishlaydigan, efirli moylar, kokos tolasidan turli buyumlar, sovun ishlab chikaradigan va choy qadoqlaydigan kichik korxonalar, yogʻoch tilish zavodi, bir kancha oziqovqat korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 126 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli yoʻq. Avtomobil yoʻllari uzunligi 345 km. Orollar orasida mahalliy kemalar qatnaydi. Mae orolda xalqaro aeroport bor. Seyshel orollari chetga kopra, shuningdek, dolchin yogʻi va dolchin, vanil, muzlatilgan va konservalangan baliq, toshbaqa kosasi, granit chiqaradi, chetdan sanoat mollari, oziq-ovqat oladi. AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi, Yaponiya, Singapur bilan savdo qiladi. Pul birligi – seyshel rupiyasi.
Maorifi
tahrirXalq taʼlimi tizimi ingliz, qisman fransuz tizimlari taʼsirida shakllangan. 1980-yil 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy 9 yillik taʼlim joriy etilgan, u 6 yillik boshlangʻich va 3 yillik toʻliqsiz oʻrta maktabni oʻz ichiga oladi. Zamonaviy taʼlim tizimi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik toʻliqsiz oʻrta va 2 yillik toʻliqoʻrta maktabdan iborat. Toʻliqoʻrta maktabda oʻquvchilar ilmiy bilimlarni oʻrganishdan tashqari unumli mehnat bilan ham shugʻullanadi. Toʻliq oʻrta maktab negizida pedagogika kolleji, 9 yillik majburiy maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari ishlaydi. Yoshlar oliy taʼlimni chet ellarda oladilar.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
tahrirGazeta va jurnallari: „Neyshn“ („Millat“, kreol, fransuz va ingliz tillarida chiqadigan hukumat gazeta), „Ofishl gazett“ („Rasmiy gazeta“, hukumat xabarnomasi), „Pipl“ („Xalq“, kreol, fransuz va ingliz tillarida nashr etiladigan oylik jurnal), „Eko dez il“ („Orollar aks sadosi“, fransuz, kreol va ingliz tillarida chiqadigan diniy jurnal). Seyshel matbuot agentligi, milliy axborot agentligi, 1979-yil tuzilgan. 1941-yildan ingliz, fransuz va kreol tillarida radioeshittirish olib boriladi. Hukumat nazoratidagi Seyshel radio va televideniyesi xizmati 1983-yilda tuzilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |