Seysmometriya
Seysmometriya (seysmo... va ...metriya) — zilzila paytida grunt, bino va inshootlarning tebranishlarini yozib oluvchi asboblar va usullarni yaratish bilan shugʻullanadigan seysmologiya boʻlimi. S. 20-asr boshlaridan rivojlana boshladi. Oʻsha paytlarda gruntningtebranishlari 3 usulda — mexanik, optik va galvanometrik usullarda qayd qilinardi. Bu usullarning ichida galvanometrik usul ancha samarali boʻlib, undan hozir ham foydalaniladi. Seysmik tebranishlarni qayd qiluvchi asbob seysmograf, qayd qilish natijasida paydo boʻlgan yozuv seysmogramma deb ataladi. Yer qimirlashlari, yadro portlashlari va boshqa qayishqoq toʻlqinlar manbalari taʼsirida vujudga keladigan seysmik toʻlqinlar seysmik st-yalarda uzluksiz qayd qilib turiladi. S. gaz va neft konlarini seysmik razvedka qilishda; muayyan hududning geologik tuzilishini seysmik zondlashda muxim rol oʻynaydi. Oʻzbekistonda S.ga doir ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustaxkamligi institutida, Seysmologiya institutida olib boriladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |