Seytumer Osmanov
Seytumer Osmanovich Osmanov (1907.20.12—2008) — biolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Biologiya fanlari doktori (1969). Simferopol pedagogika institutini tugatgan (1933). Chelyabinsk pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1938—1940), Sevastopol biologiya stansiyasida katta ilmiy xodim (1940— 41), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—1944), Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti zoologiya kafedrasi dotsenti va mudiri (1944—1950), Iqtisodiyot va madaniyat institutida katta ilmiy xodim (1950—1957), Kompleks ilmiy tadqiqot instituti baliqchilik laboratoriya mudiri (1957—1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali zoologiya va parazitologiya sektori boshligʻi (1958—1959), parazitologiya laboratoriya mudiri (1959-yildan). Ilmiy ishlari baliqlar parazitlari ekologiyasi, sistema-tikasi, biologiyasi va zoogeografiyasiga bagʻishlangan.
Seytumer Osmanov | |
---|---|
Tavalludi |
20-dekabr 1907[1] |
Vafoti | 2008 |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya Imperiyasi |
Manbalar
tahrir- Paraziti rib Oʻzbekistona, T., 1971.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |