Antarktida Yer sayyorasining eng shimoliy qitʼasidir. Yuzasi – 14 400 000 km² (shundan 98 foizi muz bilan qoplangan), aholisi (nomuntazam) – 1 000 kishi. Janubiy Qutb shu qitʼada joylashgan. Antarktidadagi «Vostok» stansiyasida eng quyi harorat, −89 °C oʻlchangan.[2]

Antarktida
Maydoni 14,200,000 km2
5,500,000 kv mi[1]
Aholisi 1,000 to 5,000 (mavsumiy)
Aholi zichligi <0.01/km2
<0.03/sq mi
Yuqori darajali internet domeni .aq


Antarktida dunyo xaritasida ajralib koʻrsatilgan.

Antarktida — Antarktika Janubiy qutb oblastining markaziy qismini egallagan materik. Maydoni 12,4 mln. km², 541shelf muzliklari va ular orqali mate-rikka tutashgan orollar bilan birgalikda 13,975 mln. km². Doimiy aholisi yoʻq. Oʻrtacha balandligi 2040 m, eng baland joyi 5140 m (Elsuort togʻidagi Vinson choʻqqisi). Dengiz sohillarida ayrim ilmiy stansiyalar va dengiz hayvonlarini ovlaydigan bazalar bor. A. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining janubiy qismlari (Janubiy oke-an) bilan oʻralgan. Qirgʻoq chizigʻi deyarli tekis va uz. qariyb 30 ming km, koʻpincha bir necha oʻn m keladigan tik muz jarli-klaridan iborat. Materikka Ross va Ued-dell dengizlari ancha kirib turadi. Muz qoplami va relefi. A.ning 99% yuzasi qalin materik muzligi bilan qoplangan (taxminan 13,0 mln. km²). Muzning oʻrtacha qalinligi 1720 m, eng qalin joyi 4300 m. Muzliklarning hajmi taxminan 24 mln. km³. Yer sharidagi hozirgi muzliklarning maydoni jihatdan 87% A.dadir. Muzdan xoli yerlar voha koʻrinishida uchraydi. Aksari kutbiy ilmiy stansiyalar shu vohalarda joylashgan. Muzliklar materikning markaziy qismidan atro-figa siljib, dengizga tushib boradi va koʻpincha sinib aysberglar hosil qiladi. Mirniy stansiyasi yaqinida muzning yillik harakati 30 — 40 m dan 350 — 400 m gacha. Baʼzi joylarda muzliklarning uchlari dengizga oʻnlarcha km kirib boradi. Muz ostidagi relef chuqur boʻlgan joylarda muz ayniqsa tez siljiydi. Eng yirik muzliklar Viktoriya Yeri togʻ tizmasida-dir. Birdmor muzligining uz. 180 km, eni 15 — 20 km. Bir-biriga yaqin boʻlgan muz tillari orasida siljimaydigan muzlar — shelf muzliklari hosil boʻlgan. A.da 14 ta shelf muzligi bor (eng yirigi Ross muzligi — 488 ming km²); bu muzliklarning umumiy maydoni taxminan 900 ming km². A. relefi 3-Xalqaro geofizika yi-liga qadar yaxshi oʻrganilmagan edi. Ros-siya, Angliya va Amerika A. ekspeditsiyalarining ishlari natijasida A. yer yuzasi dengiz sathidan („Polyus nedostupno-sti“ stansiyasi yaqinida) 800 m, geofizik qutbda 1285 m (Amundsen-Skott stansiyasi) balandlikda, biroq Litl-Amerika — Berd stansiyalari oraligi dengiz sathidan 1000 m past ekanligi aniqlandi. Antar-ktida ekspeditsiyalarining maʼlumotiga qaraganda, muz qoplamining eng baland joyi taxminan 4000 m boʻlib, Sovetskoye pla-tosi yaqinidadir. A. — yer yuzasi juda past-baland materik boʻlib, juda koʻp orollar bilan oʻrab olingan. Geologik tu-zilishi va relefi xususiyatlariga koʻra, A. Ueddell hamda Ross dengizlarining janubiy qismlarini birlashtirib turadi-gan chiziq boʻylab Sharqiy A. va Gʻarbiy A.ga boʻlinadi. Sharqiy A.ning koʻp qismi (butun ma-terikning taxminan 3/4 qismi) yaxlit boʻlib, xdmma joyi deyarli bir xil. Kembriy davridan oddin paydo boʻlgan zaminning kristalli jinslari (granit, gneys, kri-stall slanes) ustida ancha yosh choʻkindi yotkiziklar (devon davridan trias davri-gacha paydo boʻlgan jinslar) — qumtosh, ohaqtosh va slaneslar yotadi, bu yerlarda katta toshkoʻmir konlari bor (Viktoriya Yeri). Boshqa foydali qazilmalardan te-mir rudasi, slyuda, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, 20° Grinvichdan gʻarbga 0° Grnnvichdan sharqqa 20’ grafit va boshqa ham kad. jinslar bilan bogʻliq; Yer poʻstining si-nishi va yorilishi hamda yovdosh joylarning koʻtarilishi va pasayishi Sharqiy A.ning hozirgi relefini hosil qilgan. Yer poʻsti yorilganda kuchli vulkanlar ot-ilib bazalt, tuf qoplamlari (Qirolicha Mod Yeri) va vulkan konuslarini hosil qilgan (Gaussberg togʻi). Vulkan otilishlari hozir ham tingan emas (Ross o.dagi Erebus vulkani — 3794 m). Sohillarda muz qalqonini bir necha joyda togʻ tiz-malari yorib chiqadi: Brittaniya (3209 m), Qirolicha Aleksandra togʻi (4572 m), Markem togʻi (4350 m), Nyu-Shvabenlend togʻlari bor. Gʻarbiy A. (Ross dengizining gʻarbiy sohilidan Greyam Yerigacha)ning koʻp qismi tokembriy Antarktida platformasidan iborat boʻlib, ancha key-in paydo boʻlgan burmali togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Iqlimi. A.da sohillarini is-tisno qilganda, kontinental qutbiy 542iqlim hukmron: temperatura hamma vaqt 0° dan past boʻladi va yogʻin juda kam yogʻadi. Yer yuzasi muzlikdan iborat hamda baland boʻlganidan havo massalari antitsiklon rejimini hosil qiladi. Yoz, kuz paytlarida materik chekkalarida siklonlar paydo boʻlib, ichki rayonlarga ham kirib bo-radi. Yozda (dekabr, yanvar, fevral) A.da bulutsiz kunlar koʻp boʻladi, shuning uchun quyosh nisbatan koʻproq ilitadi, lekin quyosh nuri muzdan koʻp qaytadi (oʻrta hisobda 90%), oqibatda quyosh issiqligi Shimoliy yarim sharning xuddi shu kengliklarida-giga nisbatan 4 — 5-marta kam. Materikning markaziy qismida eng sovuq oylarning oʻrtacha temperaturasi — 60°, −70°, yoz oylariniki — 30° dan −50° gacha; sohilda qishda — 8° dan — 35° gacha, yozda 0 — 5° boʻladi. Oʻrtacha yillik temperatura — 50° ga yaqin. Mutlaq minimum — 89,2° (Vostok stansiyasi). Bu esa butun Yer sharida eng past tradir. Yer yuzasi sovuq va atrofdagi den-gizlar iliqroq boʻlganidan tez-tez kuchli shamollar boʻlib turadi (baʼzan shamol tezligi sekundiga 90 m ga boradi).Yogʻin eng koʻp (700 — 1000 mm) yogʻadigan zona dengiz sohili boʻlib, eni 15 km ga yetadi: ichki rayonlarda yiliga ati-gi 30 — 50 mm yogʻin tushadi. Iliq paytlarda ham koʻpincha qor yogʻadi. Havoning nisbiy namligi oʻrta hisobda 73 — 78%.Oʻsimliklari. Oʻsimlik turlari (li-shayniklar, zamburugʻlar, bakteriya va suvoʻtlar) kam va oʻziga xos, ammo ular materikning eng sovuq joylarida ham uchraydi. Hayvonlardan tyulenlar (ueddell tyuleni, qisqichbaqaxoʻr tyulen, dengiz qoploni, ross tyuleni, dengiz fillari) va qushlardan pomornikning ikki turi, adeli va imperator pingvinlari uchraydi. Tadqiq qilinish tarixi. 1820-yilda A. qirgʻogʻiga F. F. Bellinsgauzen — M. P. Lazarev boshchiligidagi rus ekspeditsi-yasi kemalari yaqinlashib borgan. Mate-rikning umumiy qiyofasi 19-asrda haritaga tushirilgan. A.da 1898 — 1900-yillarda norveg tadqiqotchisi K. Borxgrevink bi-rinchi marta (Viktoriya Yerida) qishlagan. 20-asr boshlarida qutb tadqiqotchilari R. Skott (1901 — 04, 1910 — 12), E. Shek-lton (1907 −09), R. Amundsen (1910 — 12), D. Mouson (1911 — 13) va boshqa materikning ichki rayonlarigacha bordilar. 1909-yil 16yanvarda Sheklton ekspeditsiyasi kat-nashchilari Janubiy magnit qugbiga, 1911-yil 11-dekabrda R. Amundsen, 1912-yil 18-yanvarda esa R. Skott Janubiy geografik qutbga yetib bordilar. 1928-yildan A. samolyotlar yor-damida oʻrganila boshladi. Ani oʻrganish sohasida amerikalik J G. Uilkins (1928 — 30), ingliz L. Elsuort (1935 −36, 1938 — 39), amerikalik R. E. Berd (1928 — 30; 1933 — 35; 1939 — 41; 1946 — 47) va Finn Ronne (1946 — 48) anchagina ish qildilar. Xalqaro geofizika yili (1957 — 58) munosabati bilan va soʻnggi davrlarda turli mamlakatlarning ilmiy qutbiy stansiyalari qurilgan, 1991-yilga kelib 48 ta ilmiy stansiya ishlab turdi.[3]

Qitʼadagi gʻayritabiiy holat

tahrir

Antarktidada Ukrainaning Akademik Vernadskiy stansiyasi atrofida olimlar qorning pushti va yashil rangga burkanganini aniqladi. Qorda mikroskopik suv oʻtlari oʻsishi tufayli shunday rang paydo boʻlgan. Ular oʻta past haroratga chidamli boʻlgan sporalar bilan koʻpayadi va butun qish davomida qorda saqlanadi. Qorga xlorofill pigmenti yashil rang bersa, mikroskopik suv oʻtlarining baʼzi turlari tarkibiga kiruvchi karotin uni pushti rangga boʻyaydi. Olimlarning soʻzlariga koʻra, qorning rangga kirgani iqlim oʻzgarishi uchun imkoniyat yaratadi, chunki shunday tusga kirishi tufayli qor quyosh nurini kamroq aks ettiradi va tezroq eriydi.

Shunday holat 2020-yilda ham kuzatilgan. „EcoWatch“ maʼlumotlariga koʻra, bu holat iqlim inqirozi tufayli yuzaga kelgan. 2020-yili Antarktidada qorning pushti tusga kirishi dunyo hamjamiyati eʼtiborini tortgan. Kembrij universiteti olimlari Ukraina Milliy Antarktida ilmiy markazida birgalikda tadqiqot olib borib, Antarktida maydonining qancha qismi rangli qor bilan qoplanayotganini aniqlashni taklif qilgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „Antarctica“. The World Factbook. Central Intelligence Agency (2022-yil 3-may). 2022-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-may.
  2. Coldest spot on Earth, 2008-05-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-08-28
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. „Антарктидада экология учун хавфли ҳисобланган пушти ва яшил қор ёғди — фоторепортаж“. Bugun.uz. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-fevral. (Wayback Machine saytida 2021-07-09 sanasida arxivlangan)

Havolalar

tahrir