Shafoat

boshqa birovga qoʻshilib, unga yordam berish va yonini olib, biror narsani uning uchun soʻrash

Shafoat — boshqa birovga qoʻshilib, unga yordam berish va yonini olib, biror narsani uning uchun soʻrash. Koʻpincha, Shafoat martabasi va hurmati yuqori shaxsning oʻzidan past odamning tarafini olishi tushuniladi. Qiyomatdagi Shafoat ham shundandir („al- Mufradot fi Rariybil Qurʼon“ 263 s.) Shafoatchi oʻzini, Shafoat qilinadigan shaxsga unga yordam berish va uning uchun bir narsani tilash uchun, qoʻshadi. Shuningdek, Allohning huzurida Shafoat beruvchilar ham, gunohkorlarga koʻmak beradilar.

Shafoatning turlari

tahrir

Shafoat bir necha turlarga boʻlinadi.

  1. -ulugʻ Shafoat boʻlib, barcha paygʻambarlar ichidan Paygʻambar Muhammadning oʻzlariga xos qilingandir. Buning dalili, Buxoriy, Muslim va boshqalar rivoyat qilgan „ulkan shafoat“ hadisidir.
  2. -Paygʻambarning, yaxshiliklari va yomonliklari barobar boʻlib qolgan odamlar jannatga kirishlari uchun Shafoat qilishlari.
  3. -Paygʻambarning, boshqa bir, doʻzaxga amr qilingan odamlarni unga kirmasliklari uchun Shafoat qilishlari.
  4. -Paygʻambarning jannatga kirgan odamlarning amallari savobi taqozo qilgan darajadan yuqori darajaga koʻtarish uchun Shafoat qilishlari.
  5. -Baʼzi qavmlarni jannatga hisobsiz kirishlari haqidagi Shafoat Bu qismga dalil Ukosha ibn Musoning hadisidir. Rasululloh unga duo qilib, Alloh uni jannatga hisobsiz kiradigan yetmish ming kishilardan qilishini soʻraganlar (Buxoriy, Muslim).
  6. -Azobga sazovor odamlardan azobni engillatish uchun Shafoat Paygʻambar amakilari

Abu Tolibning azobini yengillatish haqidagi Shafoatlariga oʻxshash (Muslim, Abu Saʼvd al-Xudriy rivoyat qilgan).

  1. -Paygʻambarning barcha moʻminlarga jannatga kirish izni berilishini soʻrab qiladigan Shafoatlari.
  2. -Paygʻambarning oʻz ummatlaridan gunohi kabira qilganlariga Shafoat qilishlari.

Ushbu 8 tur Paygʻambarga va Shafoat qilinuvchiga nisbatandir. Shafoat shafoatchiga qarab ham 8 turli boʻladi:

  • 1-Anbiyolarning ummatlariga Sh.i.
  • 2-Farishtalarning gunohkorlarga Shafoati.
  • 3-Kichik bolalarning ota-onasiga Shafoati.
  • 4-Allohning yoʻlida shahid boʻlganning oʻz axlidan 70 kishiga Shafoati.
  • 5-Qurʼonni yod olgan kishining axli baytiga Shafoati.
  • 6-Moʻminlarning bir-birlariga Shafoati.
  • 7-Qurʼoni karimning oʻz qorisiga Shafoati.
  • 8-Roʻzaning roʻzadorga Shafoati.
  • Qurʼoni karimning 2-sura, 255-oyatida Shafoat toʻgʻrisida jumladan shunday deyilgan:

„Uning huzurida hech kim (hech kimni) Uning ruhsatisiz shafoat qilmas“.

Manbalar

tahrir

BAQARA SURASI