Shahnoza Sodiqovna Azimova (1951.8.8, Toshkent) – Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (1999). Biol. fanlari doktori (1988), professor (1993). Toshkent davlat universitetining kimyo fakultetini bitirgan (1972). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1972–79), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Biokimyo institutida ilmiy xodim (1979–92), 1992-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Genetika va eks-perimental biologiya institutida molekulyar genetika laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari molekulyar biol., genetika, rekombinat oqsillar olishga oid. A. normal va rak holatida tireoid gormonlar reseptorlarini oʻrgangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil