Shahnoza Mirzayeva
Shahnoza Mirzayeva (22-may, 1999-yil;Toshkent viloyati, Oʻzbekiston) — para-kanoe boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yil Osiyo chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2017-yilgi para-kanoe boʻyicha Jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan. Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Qayd etgan natijalari evaziga Shuhrat medali bilan taqdirlangan[1].
Shahnoza Mirzayeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
22-may 1999-yil Toshkent viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | para-kanoe |
Medallar | |
Faoliyati
tahrir2017-yilda Chexiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi, 2019-yilda esa Vengriyada kanoeda eshkak eshish boʻyicha Jahon chempionatida Shahnoza oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. 2021-yilda Shahnoza Mirzayeva Tokio-2020 olimpiadasida 6-oʻrinni egalladi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Shahnoza Mirzayevani tabriklaymiz!“. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ „Шахноза Мирзаева: ампутация ноги не мешает добиваться побед в спорте“. Qaraldi: 2024-yil 26-may.
- ↑ „Шахноза Мирзаева финишировала шестой“. Qaraldi: 2024-yil 26-may.