Shahre Muborak masjidi – Hindistonning Kerala shtati, Kojikode tumani, Central Knowladge City shahrida shayx Abubakr Ahmad tomonidan qurilgan Markaz qoshidagi masjid. U Knowledge Cityning 12 gektarlik maydonida bunyod etilgan va taxminan 25000 kishini oʻz ichiga sigʻdira oladi, masjidning taxminiy qiymati 400 million rupiyga teng[1][2][3][4].

Masjid
Shahre Muborak masjidi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Kerala
Koordinatalar 11°28′19″N 76°00′25″E / 11.472°N 76.007°E / 11.472; 76.007
Qiymati 400 million rupiy ($7.5 million)

Masjid arxitekturasi Boburiylar sulolasi meʼmoriy uslubiga asoslangan va yashil qurilish konseptsiyasiga amal qilganligi aytiladi. Keng namozgohdan tashqari majmuada seminarlar oʻtkazish uchun auditoriya, ulkan kutubxona va bir vaqtning oʻzida 1000 dan ortiq kishini sigʻdira oladigan xonalar mavjud[5]. Bino umumiy sakkiz gektar maydonni egallagan va toʻrt gektar qismi yashil maydon va bogʻdan iborat.

Masjidda musulmonlar paygʻambari Muhammadning sochi deb ishonilinadigan yodgorlik boʻlgan. Masjid nomi arabcha shahre soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, soch maʼnosini bildiradi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Gulf NRIs to build India's biggest mosque in Kerala“. DNA (2011-yil 10-avgust).
  2. „India's biggest mosque to be built in Kozhikode - Times of India“. The Times of India. Qaraldi: 2016-yil 7-may.
  3. „India's biggest mosque will cost 40 crores“. NDTV.com. Qaraldi: 2016-yil 7-may.
  4. „Muslim Kerala Bangun Masjid Terbesar India | Republika Online“. Republika Online. Qaraldi: 2016-yil 7-may.
  5. „India's biggest mosque to be built in Kerala“. CNN-IBN (2011-yil 9-fevral). 2011-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-iyun.