Shahri Rahmatova

paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Shahri Rahmatova (1927-yil, Yermachit qishlogʻi, Kattaqoʻrgʻon tumani, Samarqand viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1950), KPSS a'zosi (1949)[1].

Shahri Rahmatova
Tavalludi 1927-yil
Vafoti Nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xo'jaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi

tahrir

Shahri Rahmatova 1927-yili Kattaqoʻrgʻon tumani Yermachit qishlogʻida tavallud topgan. Rahmatova Kattaqoʻrgʻon tumanidagi Krupskaya nomli kolxozda kolxozchi (1940—1946), zveno (1946—1949), brigada boshligʻi (1950—1952) boʻlgan, Samarqand kolxoz rhbar kadrlari tayyorlash maktabida oʻqigan (1952—1955), kolxozda urugʻchilik agronomi (1955—1960), brigadir (1960—1973), 1973-yildan uchastka boshligʻi lavozimida ishlagan. Rahmatova boshliq brigadada gektaridan 74,5 sentner paxta yetishtirilgan (1949), 2—4-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1947—1959). Lenin ordeni, 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzSE 1977, s. 210

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.