Gilahli masjidi (ozarbayjoncha: Şəkinin Giləhli məscidi) – Ozarbayjonning Shaki shahrida joylashgan masjid.

Gilahli masjidi
Giləhli məscidi
Joylashuvi Shaki, Ozarbayjon
Arxitektura uslubi Shaki maktabi
Asoschi Hoji Chalabiy (1749), Hoji Shamsiddin (1805)
Qurilish boshlanishi 1749
Qurilish yakunlanishi 1749—1805
Holati amaldagi
Shakidagi Gilahli masjidi

XVIII asrda qurilgan ushbu tarixiy masjid Shaki shahrida joylashgan. Gilahli masjidi 1749-yilda Shaki xoni Hoji Chalabiy Xon tomonidan qurilgan. 1805-yilda hoji Shamsiddinbek bu masjid oʻrniga yangi masjid qurdirgan. Shundan keyin masjid „Hoji Shamsiddinbek masjidi“ deb atala boshlangan.

Masjid Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan davlat ahamiyatiga molik koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

2019-yil 7-iyul kuni tarixiy markaz shaharlardan hisoblanmish Shaki shahri Xon saroyi bilan birgalikda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, shahar markazida joylashgan Gilahli masjidi ham Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

tahrir

„Gilek“ masjidi yozuvi

tahrir

Ushbu yozuvlar XX asr boshlarida Gilahli masjidi yaqinida yer ostidan topilgan. Keyinchalik bu yozuv masjid yaqinidagi buloq ustiga oʻrnatilgan. 1936-yilda Alaskerzade yozuvni suratga oladi va bir jurnalda ushbu yozuv haqida yozadi[1] . Keyinchalik ilmiy nashrlarda ham bir necha bor yozuv bilan bogʻliq xabar va fotosuratlar chop etiladi. Hozirgi kunga kelib „Gilek“ yozuvining keyingi taqdiri haqida maʼlumotlar mavjud emas.

Masjid yozuvida shunday deyiladi:

Bu muhtasham masjid Shaki hukmdori, Shirvon amiri Sulton Hoji Chalabiy ibn Gurbon tomonidan 1162-yilning muborak Ramazon oyida bunyod etilgan.

Vaqt oʻtishi bilan masjid yonida joylashgan qabristonni Gurjana daryosi butunlay yuvib ketgan. Qabristonda mavjud boʻlgan qabr toshlarining bir qismi hozirgi kunda turli muzeylarda saqlanib kelinmoqda. 1805-yilda masjidni qayta tiklagan Hoji Shamseidinbek qabri esa Shaki tarixiy-geografiya muzeyida saqlanadi. Hoji Shamsiddinbek 1815-yilda vafot etgan va Gilahli masjidi yonidagi qabristonga dafn etilgan.

Sovet hokimiyati davrida

tahrir

Mamlakatda sovet hikmronligi davrida, yaʼni 1928-yillarda dinga qarshi rasman kurash boshlanadi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni taʼlim muassasalari sifatida foydalanish foydalanish maqsadida klublarga oʻtkazadi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda ularning soni 1700 taga, 1933-yilda esa 17 taga tushadi[2].

XX asrning 30-yillarida yaroqsiz holga kelib qolgan Gilahli masjidi binosiga bir oila joylashtiriladi. Masjid uzoq vaqt tashlandiq boʻlgani sababli juda xarob holga kelib qoladi. Oradan maʼkum vaqt oʻgach, bino butunlay buzib tashlanadi[3], faqat masjid minorasigina saqlanib qoladi.

Mustaqillikdan keyingi davr

tahrir

Gilahli masjidi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-sonli qarori bilan davlat ahamiyatiga ega boʻlgan koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[4].

2001-yildan boshlab Shaki shahrining tarixiy markazlari YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga nomzod sifatida tanlab olinadi. 2019-yilning 7-iyulida esa YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritiladi[5]. Ushbu qaror Boku Kongress markazida boʻlib oʻtgan YUNESKO Butunjahon merosi qoʻmitasining 43-sessiyasida qabul qilinadi[6]. Shuningdek, Shaki shahrining tarixiy markazida joylashgan Gilahli masjidi ham Jahon merosi roʻyxatiga kiritiladi.

Arxitekturasi

tahrir

Gilahli masjidi minorasi vayronaga aylangan masjid bilan birgalikda Shakining Kulaxli kvartalida, Gurjon daryosi qirgʻogʻidan 20-23 metr balandlikda, qoyadan 8-10 metr uzoqlikda joylashgan. Toʻrt tomondan balandligi ikki metrli tosh panjara bilan oʻralgan. Ayni paytda minora tarixiy-meʼmoriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan boʻlib, Ozarbayjonning Shaki viloyati Zagatala zonasida joylashgan dastlabki va eng baland minora hisoblanadi[7].

Devorning shimoliy tomoni boʻylab gʻarbdan sharqqa tomon uzunligi 27 metr boʻlgan masjid devorining saqlanib qolgan qismi choʻzilgan. Devorning janubiy tomonida, kichik minorada butunlay pishiq gʻishtdan qurilgan minora joylashgan. Minoraning qoʻshimcha kichik minorasiz balandligi 13,5 metrni tashkil qiladi. Koʻtarilayotganda torayib boruvchi ushbu minora boʻrtma naqshli gʻishtlar bilan bezatilgan boʻlib, temir bilan qoplangan gumbazli balkon bilan tugaydi. Keng hovlida masjid va minora oʻrtasida geometrik figura shaklida, chuqurligi ikki metrli basseyn joylashgan. Hovuzga suv Gurjana daryosidan gil quvurlar yordamida keladi[8].

6x12 metr oʻlchamdagi toʻgʻri burchakli rejaga ega boʻlgan masjid binosining shiftini binoning oʻrtasida joylashgan toʻrtta yogʻoch ustunlar mustahkamlab turadi. Masjid binosi loy va somon aralashmasidan quyilgan sopol gʻisht va daryo toshlari aralashmasidan qurilgan. Tashqi tomondan devorlari chiroyli qurilgan boʻlib, ichki tomondan suvoqlangan va rang-barang rasmlar bilan bezatilgan[9]. Bunday rang-barang rasmlar yodgorlikning asosiy qimmatli elementlari hisoblanadi.

Zalning devorlari ohak bilan qoplangan, gips qatlamiga geometrik va gul naqshlari ishlangan, keyinchalik bu naqshlar rangli boʻyoqlar bilan boʻyalgan[10]. Ichki devorlarining yuzasi bir necha qismlarga boʻlinadi: poldan 1,5 metr balandlikdagi devorlar loy-somon aralashmasi bilan suvalgan va yupqa ohak bilan qoplangan.

Janubi-sharqiy devor markazida stalaktitlar, naqsh va yozuvlar bilan bezalgan oʻq shaklidagi mehrob joylashgan[11]. Mehrobning yon tomonlarida koʻp pogʻonali oʻqsimon boʻshliqlar mavjud[11].

Minora

tahrir

Hozirgi kungacha Gilahli masjidining faqatgina minorasigina saqlanib qolgan. Balandligi qoʻshimcha kichik minorani hisobga olmaganda, 13,5 metrni tashkil etadi. Masjiddagi gorizontal tayanch devori uning mustahkamligi va barqarorligini oshiradi. Tayanch devorining oxirigacha boʻlgan qismi toshdan, yuqori qismi esa kuydirilgan qizil gʻishtdan qurilgan. Minora oxiridagi muazzinlar uchun moʻljallangan supaga koʻtarilish uchun tayanch devorga yigirmadan ortiq tosh zinapoyalar qurilib, devor chetiga yomgʻir, qor, boʻron va quyosh nurlaridan himoya qilish maqsadida yogʻoch taxtalar yotqizilgan. Binoning ichki qismiga yorugʻlik kirishi uchun kichik derazalar ham ham oʻrnatilgan. Zinaning oxirida minoraga kirish uchun kemerli eshik mavjud.

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining rasmiy saytida minora „Gilahli masjidi minorasi“[12] deb nomlanadi.

Manbalar

tahrir
  1. Известия АзФАН СССР, Bakı, I-jild, 67-bet, 1943 {{citation}}: Missing or empty |title= (yordam)
  2. Ариф Юнусов. Ислам в Азербайджане. Баку: Zaman, 2004 — 78-bet. 9952-8052-0-9.  (Wayback Machine saytida 2023-01-23 sanasida arxivlangan)
  3. Orkhan Ali. „İbadət evləri: hansı rayonda necə məscid var? - V YAZI“ (az). modern.az (2012-yil 27-aprel). 2021-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  4. „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-dekabr.
  5. „Historic Centre of Sheki with the Khan’s Palace“ (en). unesco.org (2019). 2022-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-dekabr.
  6. „Şəki Xan Sarayı Dünya İrsinin siyahısında“ (az). Amerikanın Səsi (2019-yil 7-iyul). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.
  7. Minaret Gileyli, Sheki[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
  8. Gileyli məscidi Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  9. Саламзаде, А.. Архитектура Азербайдана XVI-XIX вв.. Баку: Издательство Академии наук Азербайджанской ССР, 1964. 
  10. Саламзаде, А.. Архитектура Азербайдана XVI-XIX вв.. Баку: Издательство Академии наук Азербайджанской ССР, 1964. 
  11. 11,0 11,1 Саламзаде, А.. Архитектура Азербайдана XVI-XIX вв.. Баку: Издательство Академии наук Азербайджанской ССР, 1964. 
  12. „Məscid və minarələr: Gileyli məscidinin minarəsi“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-may.

Havolalar

tahrir