Shaki Juma masjidi – 1900–1914-yillarda qurilgan tarixiy-meʼmoriy yodgorlik. Masjid Ozarbayjonning Shaki shahridagi Yuxari bosh davlat tarixiy-arxitektura qoʻriqxonasi hududida joylashgan.

Masjid
Shaki Juma masjidi
ozarbayjoncha: Şəki Cümə Məscdi
Mamlakat  Ozarbayjon
Shaki Yuxari qoʻriqxonasi
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi 1900–1914
Minoralar balandligi 28,5 m

Shaki Juma masjidi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi 132-sonli qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan.

2019-yil 7-iyul kuni tarixiy markaz shaharlardan hisoblanmish Shaki shahri Xon saroyi bilan birgalikda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, shahar markazida joylashgan Juma masjidi ham Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Tarixi

tahrir

Juma masjidi 1900–1914-yillarda Shaki shahrining Dabbogʻxona (Koʻnchilik) kvartalida bunyod etilgan[1]. Shuningdek, masjid yonida madrasa va yer osti hammomi ham qurilgan. Masjiddagi toshga oʻyib yozilgan sanalardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, masjid qurilishi 1914-yilda qoʻshimcha ayvon, hujra va minora qurilishi bilan yakunlangan. Keyinchalik esa masjid yonida madrasa ham qurilgan boʻlib, ushbu madrasa masjid ayvoniga tutashib ketgan[2].

Sovet istilosidan keyin

tahrir

Sovet istilosidan keyin 1928-yildan boshlab rasmiy tezlikda mamlakatda dinga qarshi kurash boshlanadi. Oʻsha yilning dekabr oyida Ozarbayjon Kompartiyasi Markaziy Komiteti koʻplab masjidlar, cherkovlar va sinagogalarni taʼlim dargohlari sifatida foydalanish maqsadida klublarga topshiradi. 1917-yilda Ozarbayjonda 3000 ta masjid mavjud boʻlgan boʻlsa, 1927-yilda ularning soni 1700 taga, 1933-yilda esa 17 taga tushadi[3].

Shaki Juma masjidining minorasi ham ishgʻol qilinganidan keyin vayron qilib yuboriladi[4]. Masjid binosidan esa sport maktabi sifatida foydalanilgan. Binoni sport zaliga moslashtirish maqsadida namozxonaning ichki balkoni ham olib tashlanadi.

1988-yilda masjid binosi yonib ketgan. 1989-yilda masjid maydoni boʻyicha oʻlchov ishlari olib boriladi va restavratsiya loyihasi tayyorlanadi. Masjid namozxonasida olib borilgan qazilma ishlarida ayvonning yon tomoni ichki devorning oʻrni topilib, ichki ayvon ham shu devor bilan birga qayta tiklanadi. Keyinchalik, devor bilan yopib yuborilgan derazalar qayta ochiladi va avvalgi oʻlchov chiziqlari asosida tiklanadi. Loyiha asosida interyerga 4 ta yirik ustunlar oʻrnatilib, masjid mehroblari qayta quriladi[5].

Mustaqillikdan keyingi davr

tahrir

Masjid minorasi arxivdan topilgan fotosurat asosida loyihalashtiriladi va poydevordan boshlab 28,5 metr balandlikda qayta tiklanadi. Minorani restavratsiya qilish ishlari 1991-yilda yakunlanadi[6].

Shaki Juma masjidi Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-avgustdagi 132-son qarori bilan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan koʻchmas tarixiy va madaniy yodgorliklar roʻyxatiga kiritilgan[7].

2001-yildan boshlab Shaki shahrining tarixiy qismi UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga nomzod sifatida tanlab olinadi. 2019-yil 7-iyul kuni tarixiy markaz shaharlardan hisoblanmish Shaki shahri Xon saroyi bilan birgalikda UNESCOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritiladi[8]. Bu haqida Boku Kongress markazida boʻlib oʻtgan UNESCO Jahon merosi qoʻmitasining 43-sessiyasida qaror qabul qilinadi[9]. Shaki shahrining tarixiy markazida joylashgan Shaki Juma masjidi ham Jahon merosi roʻyxatiga kiritiladi.

1993-yilda Shaki ijroiya qozisi Chingiz Afandiyevning koʻrsatmasi bilan bu yerda Shaki islom madrasasi ochiladi. Madrasa 1996-yilda Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtadi. Ushbu madrasada talabalar ham diniy, ham dunyoviy bilim olish imkoniyatiga ega hisoblanishadi.

Arxitekturasi

tahrir

Shaki Juma masjidi qurilishida mahalliy qurilish materiallari, ohaktosh va pishiq gʻishtdan foydalanilgan. Inshootni qurish rejasiga koʻra ichki hovlida tosh va daraxtlar mavjud boʻladi, shuningdek, masjid arkli, ustunli zaldan iborat boʻlib, ular binodagi katta oʻtish joyini qoplash imkonini bergan. Yogʻochdan yasalgan oʻn pogʻonali minbar toʻr bilan bezatilgan. 28,5 m balandlikdagi minora masjid binosidan bir necha metr uzoqlikda qurilgan. Tepaga qarab ingichkalashib boruvchi minora gʻishtin va boʻrtma naqshlar bilan bezatilgan[10].

Masjidning ichki koʻrinishi sodda tuzilgan. Binodan namozxona, hujralaridan esa madrasa sifatida foydalaniladi. „N“ shaklidagi masjid majmuasi ikki qavatli boʻlib, ikkinchi qavatda ayollar uchun alohida namoz oʻqish xonasi mavjud. Masjidning asosiy fasadi gʻishtin naqshlar bilan bezatilgan.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Помощь в реставрации исторических памятников/Мечеть “Джума”“. 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  2. „Cümə məscidi“ (az). sheki.heritage.org.az. 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  3. Arif Yunusov. Ислам в Азербайджане. Baku: Zaman, 2004 — 78-bet. 
  4. „Cümə məscidi“ (az). sheki.heritage.org.az. 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  5. „Cümə məscidi“ (az). sheki.heritage.org.az. 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  6. „Cümə məscidi“ (az). sheki.heritage.org.az. 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.
  7. „Azərbaycan Respublikası Nazirlər Kabinetinin 2001-ci il 2 avqust Tarixli 132 nömrəli qərarı ilə təsdiq edilmişdir“ (az). mct.gov.az (2001-yil 2-avgust). 2021-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-fevral.
  8. „Historic Centre of Sheki with the Khan’s Palace“ (en). unesco.org (2019). 2022-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-fevral.
  9. „Şəki Xan Sarayı Dünya İrsinin siyahısında“ (az). Voice of America (2019-yil 7-iyul). 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-fevral.
  10. „Cümə məscidi“ (az). sheki.heritage.org.az. 2022-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-fevral.