Shal aqin (tuman)
Shal aqin tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi maʼmuriy hudud. 1928-yil 3-sntyabrda asos solingan. Markazi — Sergeevka shahri. Tuman maydoni 4,84 ming km². 2011-yil 1-yanvarda aholisi 22,216 kishini tashkil qildi. Aholining zichligi 5,4 kishi/km².
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Shimoliy Qozogʻiston viloyati |
Maʼmuriy markazi | Sergeyevka |
Asos solingan sanasi | 1928-yil |
Akim | Tineyev Quandiq Yermekovich |
Rasmiy tillar | qozoq, rus |
Aholi (2011) | 22,216 |
Zichligi | 4,6 kishi./km² |
Millatlar tarkibi |
Qozoqlar - 45,81% Ruslar - 40,53% Ukrainlar - 5,10% Olmonlar - 4,29% Beloruslar - 1,03% Tatarlar - 0,85% /2010/[1][2] |
Dinlar tarkibi | Xristianlar, Musulmonlar |
Maydoni | 4,841 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 71534[3] |
Avtomobil raqami kodi | T, 15 |
Rasmiy sayti | http://shn.sko.kz/ |
Xaritada | |
53°47′24″N 67°26′24″E / 53.79000°N 67.44000°E |
Tarixi
tahrir1928-yili Shal aqin tumanining hozirgi hududida Rikov va Toʻnkeris tumanlari tashkil topdi. 1930-yili Toʻnkeris tumaniga Rikov tumanining yarim hududi qoʻshildi. 1940-yili tuman nomi oktabrskiy boʻlib oʻzgartildi, 1963-yilda esa Sergeev va 1999-yilgi 15-dekabrda Shal aqin tumani boʻlib qayta nomlandi.
Geografiyasi
tahrirViloyat markazi Petropavlovsk shahridan tuman chegarasigacha 138 kilometr, Sergeevka shahrigacha 174 kilometr. Shimoliy tomonidan — Jambul, gʻarbiy tomonidan — Yesil, sharqiy tomonidan — Timiryazev, Janubidan esa Ayirtav va Musirepov tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali Yesil daryosi oqib oʻtadi, uning yoqasida Sergeev suv ombori joylashgan.[4]
Aholisi
tahrirTuman aholisi 2011-yilgi statistika boʻyicha 22,216 kishini tashkil qildi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, tuman aholisining milliy tarkibini quyidaga jadvaldan koʻrishingiz mumkin (2010-yil 1-yanvar)[1][2]:
- qozoqlar — 12 033 kishi (45,81 %)
- ruslar — 10 646 kishi (40,53 %)
- ukrainlar — 1 339 kishi (5,10 %)
- olmonlar — 1 126 kishi (4,29 %)
- beloruslar — 271 kishi (1,03 %)
- tatarlar — 222 kishi (0,85 %)
- armanlar — 59 kishi (0,22 %)
- litvalar — 59 kishi (0,22 %)
- ozarbayjonlar — 56 kishi (0,21 %)
- tojiklar — 51 kishi (0,19 %)
- polyaklar — 48 kishi (0,18 %)
- boshqalar — 355 kishi (1,35 %)
- Umumiy — 26 265 kishi (100,00 %)
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-11-10
- ↑ 2,0 2,1 Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
- ↑ „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-dekabr.
- ↑ „Из истории района“ (oʻlik havola — tarix ). Официальный сайт акима района Шал акына. Qaraldi: 3 июня 2011.[sayt ishlamaydi]