Shampun sochni yuvish uchun qoʻllanadigan gigiyenik-kosmetik vosita. Bir necha moddalarning aralashmasidan tarkib topgan. Tarkibidagi asosiy komponent – suv, undan keyin sirtga qoʻllanuvchi faol moddalar (SFM). Shuningdek, kerakli qovushqoqlikni saqlab turish uchun konservantlar, xushboʻylantirgichlar, noorganik tuzlar – natriy xlorid yoki boshqalar ishlatiladi. Zamonaviy shampunlar tarkibiga koʻpincha tabiiy moylar, vitaminlar yoki ishlab chiqaruvchilarning taʼkidlashicha, sochlarni mustahkamlashga yordam beradigan yo isteʼmolchilar uchun qandaydir foyda keltiradigan boshqa komponentlar qoʻshiladi. Shunga qaramay, ushbu fikr eksperimental tasdigʻini topmagan.

Dunyodagi eng mashhur gigiyenik-kosmetik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi „Dove“ brendining shampuni

Shampun qoʻllanilgandan soʻng, koʻpchilik soch uchun konditsioner yoki balzam yo soch uchun maxsus moy surtadi.

Aksariyat yirik kompaniyalarda shampun, balzam/konditsioner, soch uchun niqob, muss, mum, lok kabi mahsulotlarning butun bir toʻplami mavjud.

Yana qarang

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Wilfried Umbach: Kosmetik – Entwicklung, Herstellung und Anwendung kosmetischer Mittel. Georg Thieme Verlag, Stuttgart 1988, ISBN 3-13-712601-0.
  • André O. Barel, Marc Paye, Howard I. Maibach: Handbook of Cosmetic Science and Technology. Informa Healthcare, New York.
  • Günter Vollmer, Manfred Franz: Chemische Produkte im Alltag. dtv, 1985, ISBN 3-423-03276-6, S. 176 f.

Havolalar

tahrir