Shamsiddinboy madrasasi
Shamsiddinboy madrasasi faoliyatiga oid bitta hujjat topilgan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Shamsiddinboy madrasasining mulla Boqir ismli mudarrisi kambag‘alligi sababli Oliy Ark sahihxonlaridan birining o‘rniga o‘tishga umidvorligi haqida yozgan. Maoshi 18 tilla. Shamsiddinboy madrasasida bo‘sh qolgan dars o‘rniga Xoja Nizomiddin guzari masjidi imomi mulla Sirojiddin tayinlangan. Maoshi 12 tilla edi.[1]
Madrasa | |
Shamsiddinboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Manbalar
tahrir- ↑ Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 470.