Shamurat Musayev (1890 yoki 18911973) – Sovet Ittifoqi davrida Oxunboboev nomidagi kolxoz rahbari boʻlgan. 1949-yilda uning kolxozi 6 gektar maydonining har bir gektaridan 71,8 sentnerdan paxta hosili olib, 1950-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1951—1963 yillarda Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashining 3-, 4- va 5-chaqiriqlari deputati boʻlgan. 1961-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining faxriy akademigi boʻldi.

Shamurat Musayev
Tavalludi 1980
Vafoti 1973
Fuqaroligi  SSSR
Kasbi Oxunboboev nomidagi kolxoz rahbari
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni, „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali

Hayoti va faoliyati

tahrir

Shamurat Musayev 1890 yoki 1891-yilda Turkiston general-gubernatorligining (hozirgi Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston) Sirdaryo oblastida tugʻilgan. Bolaligidan dehqonchilik bilan shugʻullana boshlagan, kollektivlashtirish boshlanganidan soʻng Chimboy viloyatidagi Oxunboboyev nomidagi paxtachilik kolxoziga qoʻshilgan[1].

1937-yildan Shamurat Musayev shu kolxozda mudir boʻlib ishlay boshladi. Kolxozdagi mehnatlari uchun u 1-marta 1948-yilda Lenin ordeni bilan taqdirlangan. 1949-yilda Musayev oʻzi rahbarlik qilgan 6 gektar maydonning har gektaridan 71,8 sentnerdan paxta yigʻib oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1950-yil 13-iyundagi "1949-yilda sugʻoriladigan yerlarda sholi, paxta va yashil kenaf poyalaridan yuqori hosil olgani uchun" farmoni bilan Shamurat Musayevga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berildi. 1956-yildagi faoliyati natijalariga koʻra u uchinchi Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

1951—1963 yillarda Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashining 3, 4 va 5-chaqiriqlari deputati etib saylangan. 1961-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasining faxriy akademigi boʻldi. 13 yil oldin pensiya yoshiga yetgan boʻlishiga qaramay Shamurat Musayev 1971-yilda nafaqaga chiqdi. Shamurat Musaev 1973-yilda vafot etgan[1].

Mukofotlari

tahrir

Shamurat Musaev quyidagi mukofotlar bilan taqdirlangan[1]:

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Мусаев Шамурат“ (ru). Герои страны. Qaraldi: 2018-yil 15-aprel.

Havolalar

tahrir