Shantar orollari - Oxota dengizining gʻarbiy qismidagi 15 oroddan iborat arxipelag. RF Xabarovsk oʻlkasida. Umumiy maydoni 2500 km². Eng yirik orollari Katta Shantar, Feklistov, Kichik Shantar, Belichiy. Yer yuzasi kirlardan iborat. Eng baland joyi 701 m. Kishi sovuq, yozi iliq. Aralash oʻrmonlar (oqqaragʻay, dauriya tilogʻochi, ayan qaragʻayi) bilan qoplangan, qirlarning yuqori qismlari oʻtloq. Orollar atrofidagi suvda baliq ovlanadi. Orollarda teztez tuman tushadi, atrofida suv koʻtarilishi va pasayishi kuchli.