Shanxay Astronomiya muzeyi — 2021-yilda Shanxayning Lingang shahrida ochilgan planetariy hisoblanadi. Uning gumbazi 38000 m2ni egallaydi. Bu qurilish ko‘lami bo‘yicha dunyodagi eng katta planetariydir [1]. Muzeyni bunyod qilish Nyu-York shahridagi Ennead Architects tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan. Tashrif buyuruvchilarga ta'limiy va madaniy-ko‘ngilochar joy sifatida xizmat qiladi [2]. Shuningdek, muassasa Shanxay Fan va Texnologiya muzeyining bir qismi sanaladi.

Shanxay Astronomiya muzeyi

Bino dizaynida to‘g‘ri chiziqlar va to‘g‘ri burchaklar bo‘lmasligining o‘ziga xos sababi bor. Bu koinotdagi yulduzlar va turli uchar jismlarning shakli, geometrik xususiyatlari hamda harakatini aniqroq kuzatishga imkon beradi. Ennead Architects tashkiloti arxitektori Tomas J.Vong muzeyning asosiy dizayn konsepsiyasiga alohida yondashilganini aytgan. Ayniqsa, planetariy arxitekturasi o‘zida kosmosdagi ba'zi asosiy qonunlarni mujassam etgan [3].

Manbalar

tahrir
  1. „Polar and ski parks are coming to Lingang“. www.shanghaidaily.com. Qaraldi: 2017-yil 19-mart.
  2. „Ennead Tapped to Design Shanghai Planetarium“ (en-US). ArchDaily (2015-yil 9-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-oktyabr.
  3. „Ennead Architects designs Shanghai Astronomy Museum to "echo the essence of the Universe"“ (en). Dezeen (2021-yil 9-avgust). Qaraldi: 2021-yil 12-avgust.