31°16′50.38″N 121°9′57.06″E / 31.2806611°N 121.1658500°E / 31.2806611; 121.1658500

Shanxay Avtomobillar muzeyi
Shanghai Automobile Museum.jpg
Asos solingan sana 17-yanvar 2007-yil
Joylashuvi Xitoy, Shanxay
Sayt Rasmiy sayt

Shanxay avtomobillar muzeyiavto-muzey, ya'ni asosiy eksponatlar sifatida avtomobillarni namoyish qiluvchi muzey hisoblanadi. U Xitoyda, Shanxay Xalqaro Avtomobil shahri Avto Ekspo parkida joylashgan. Muzey Tongji universitetining Arxitektura va Dizayn tadqiqot instituti hamda Germaniyaning maxsus arxitektura tashkiloti hamkorligida barpo qilingan[1]. 2007-yil 17-yanvarda binoning rasmiy ochilishi bo‘lgan.

Maydoni

tahrir

Muzey Xitoydagi birinchi ixtisoslashtirilgan muzeydir. Umumiy maydoni 28 000 m2 va ko‘rgazmalar maydoni taxminan 10 000 m2.

Bino tuzilishi

tahrir

Bino to‘rt qismga bo‘linadi:

• avtomobillar tarixi bo‘limi;

kolleksiyalar bo‘limi;

kashfiyotlar bo‘limi;

Ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan bo‘lim.

Avtomobillar tarix bo‘limida 27 ta avtomobil mavjud. Bu qavatda avtomobilsozlik sanoati rivojlanishi bilan tanishish mumkin.

Tarixiy avtomobillar kolleksiyasida 1900-1970-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan 40 ta avtomobil bor. Ular 20 xil korxonalardan olib kelingan.

Eksponatlar haqida

tahrir

Muzeyda 100 dan ortiq klassik avtomobillar to‘plami mavjud. Ularning orasida yuz yillik tarixiy rivojlanishga ega bo‘lgan turlari ham bor. Avtomobillar Xitoy va xorijdan olib kelingan. Muzeyda ellikka yaqin brenddagi avtomobillarni uchratish mumkin[2]. Jumladan, ular orasidan Ford[3], Fiat 500, Austin 7, Rover P5, Jaguar E-Type[4] va GM EV1[5] kabi mashhur avtomobil modellari ham o‘rin olgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Architecture Features“. 2012-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-iyul.
  2. „A visit to Shanghai Auto Museum“. People Daily (2013-yil 8-may). Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  3. „Vintage Ford cars part of Michigan's promotion“. Shanghai Municipal Government (2012-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  4. „A visit to the Shanghai Auto Museum“. Chinacartimes.com (2010-yil 24-iyun). 2010-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
  5. „General Motors EV1 pops up in China, times two“ (2014-yil 24-yanvar).