Oqilxon Sharafiddinov (1898.7.3 Toshkent 1981.31.3) – oʻzbek pedagogi. Mehnat Qahramoni (1968). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1936). Dastlab Toshkentdagi eski maktablardan birida, keyinchalik Xoja Axror madrasasida tahsil koʻrgan.

1917-yilga qadar yangi usul maktablarida, 1918-yildan Toshkent uyezdining Toʻytepa qishlogʻida maktab ochib muallimlik qilgan. 1921-yildan Toshkentdagi 19 maktabda, 1924-yildan 1970-yilgacha 14-maktabda boshlangʻich sinflarga dars bergan. Oqilxon Sharafiddinov yaratgan "Alifbe" kitobi (1938) oʻzbek maktablarining 1-sinfi uchun uzoq vaqt asosiy darslik boʻlib keldi. 1968-yili Q. Abdullayeva bilan hamkorlikda yangi "Alifbe" darsligini tuzdi. Keyingi yillarda oʻzgartishlar kiritilib, qayta-qayta nashr etildi. "Bilim va maktab", "Mehnat bolalari", "Kattalar alifbesi", "Chiroyli yozuv", "Oʻqish kitobi" kabi darslik, oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Toshkent shahridagi 129-maktab Oqilxon Sharafiddinov nomiga qoʻyilgan.[1] [2]

Manbalar

tahrir
  1. "Sharafiddinov Oqilxon" OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Eng faxrli kasb // „Sovet Oʻzbekistoni“. 1969. 5 oktyabr

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir