Sharbat
Sharbat — yangi uzilgan va terilgan meva, rezavor mevalar hamda sabzavotlardan siqib olinadigan shirali suyuqlik, meva suvi. Sharbatdan vino, shinni, marmelad, patoka va boshqa shirinliklar ishlab chiqariladi. Qaynatib, konservalangan holda yoki bevosita isteʼmol qilish mumkin boʻlgan toʻyimli, shifobaxsh, parhez ichimlik hisoblanadi. Eng koʻp isteʼmol qilinadigani — uzum, olma, olcha, olxoʻri va pomidor sharbatlaridir. Uzum harbati tarkibida 15% quruq modda (shu jumladan, 13,2% uglevodlar), 3,5 mg% S vitamini, 0,12% karotin, shuningdek, V va R vitaminlari va kaliy tuzlari bor, nordonligi 0,2 %; pomidor sharbati tarkibida 3% uglevodlar, 0,8% oqsil, 15 mg% S vitamini, 0,5 mg% karotin, Vr V2, RR vitaminlari, mineral tuzlar bor.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirVikiomborda Sharbat haqida turkum mavjud |
Vikilugʻatda sharbat nomli maqola mavjud. |
- Rossant, Juliette (September 2005), „The World's First Soft Drink“, Aramco World, 56-jild, № 5, 2014-07-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 22-avgust 2020-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format (). Original article.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |