Sharif Xayrullayev
Sharif Kamalovich Xayrullayev — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.
Buxoro viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi | |
---|---|
Mansab davri 1970 – 1976 | |
Oʻtmishdoshi | Nishon Bozorov |
Vorisi | Ubayt Asatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1936-yil |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1936-yilda tugʻilgan. 1963-yildan KPSS aʼzosi.
1960-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1960-1993-yillarda poʻlat quyuvchi yordamchisi, usta, smena boshligʻi, marten sexi boshligʻi oʻrinbosari, zavod markaziy laboratoriyasi mudiri, Oʻzbekiston metallurgiya kombinati direktor oʻrinbosari, Bekobod shahar partiya qoʻmitasi birinchi kotibi, Buxoro viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi, Buxoro viloyatida sovet va partiya xodimi, Buxoro shahar ijroiya qoʻmitasi raisi, Buxoro viloyat kasaba uyushmalari kengashi raisi kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.
8-9 va 11-12-chaqiriqlar Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib saylangan.
KPSS XXIV va XXV qurultoylari delegati.
Oʻzbekistonda yashaydi.
Adabiyotlar
tahrir- Deputati Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR: Devyatiy soziv. (Kratkie biograficheskie svedeniya). — T.: Oʻzbekiston, 1976. — S. 120.