Sharq nota yozuvi - zamonaviy nota yozuvi manbai; qadimiy va oʻrta asrlar Sharq musiqa madaniyatida qoʻllangan kuy-ohanglar yozib olish usullaridan iborat. Ilk namunalari qadimiy Misr (mil. av. 2-ming yillik oʻrtalari, piktografiya usuli), Bobil (boʻgʻinlar yozuvi), qadimiy Xitoy (ideografik yozuv) da joriy etilgan. Forobiy Yunonistonda qoʻllangan harfli nota yozuvini ud pardalariga moslashtirgan. Safiuddin al-Urmaviy (tabulatura uslubida) ikki xil nota yozuvini kashf etgan. Tanbur chizigʻi (19-asr)da Xorazm maqomlari toʻlaligicha yozilgan.