Sharqiy Qozogʻiston (viloyat)
Sharqiy Qozogʻiston viloyati — Qozogʻiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan. Respublikaning chekka shimoli-sharqida, Irtish daryosi havzasida. Maydoni 97,3 ming km2. Aholisi 1,395,059 kishi (2012), asosan, ruslar va qozoqlar, shuningdek, ukrain, belorus, tatar, mordva, chuvash va boshqalar millat vakillari yashaydi. Shahar aholisi 65%. 15 tumanga boʻlingan, 10 shahar, 20 shaharcha bor (2002). Markazi — Oʻstkemen shahri.
| ||
viloyat | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Oʻstkemen | |
Yirik shahari | Semey | |
Asos solingan sanasi | 1932-yil | |
Akim | Saparbaev Berdibek Mashbekovich | |
Aholi (2012) |
1 395 059 [1] (9,1 % , (4-oʻrin) | |
Zichligi | 4,93 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 56 % ruslar 40 % [2] | |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 283 226 km² (10,4 %, 3-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 7232 | |
Pochta indeksi | 07 xxxx | |
Avtomobil raqami kodi | F,U,16 | |
Rasmiy sayti | http://akimvko.gov.kz | |
Xaritada | ||
49°57′0″N 82°37′0″E / 49.95000°N 82.61667°E |
Aholisi
tahrirViloyatda Qozogʻiston aholisining 9,4 % yashaydi.
- 59,4 % shaharda
- 40,6 % qishloqda
Milliy tarkibi
tahrirAholi soni 1989-yilgi[3] |
%[3] | Aholi soni 1999-yilgi |
% | Aholi soni 2010-yilgi |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
jami | 1767225 | 100,00 % | 1531024 | 100,00 % | 1418784 | 100,00 % |
Qozoqlar | 687879 | 38,92 % | 743098 | 48,54 % | 773233 | 54,50 % |
Ruslar | 914424 | 51,74 % | 694705 | 45,38 % | 574704 | 40,51 % |
Tatarlar | 27982 | 1,58 % | 24506 | 1,60 % | 21780 | 1,54 % |
Olmonlar | 66924 | 3,79 % | 32141 | 2,10 % | 19933 | 1,40 % |
Ukrainlar | 35702 | 2,02 % | 15969 | 1,04 % | 10420 | 0,73 % |
Beloruslar | 9085 | 0,51 % | 4524 | 0,30 % | 3212 | 0,23 % |
Chechenlar | 2790 | 0,16 % | 1690 | 0,11 % | 1714 | 0,12 % |
Ozarbayjonlar | 1744 | 0,10 % | 1426 | 0,09 % | 1544 | 0,11 % |
Uygʻurlar | 1491 | 0,08 % | 1389 | 0,09 % | 1450 | 0,10 % |
Koreyslar | 1553 | 0,09 % | 1574 | 0,10 % | 1441 | 0,10 % |
Oʻzbeklar | 2346 | 0,13 % | 1203 | 0,08 % | 1175 | 0,08 % |
boshqalar | 15305 | 0,87 % | 8799 | 0,57 % | 8178 | 0,58 % |
Geografiyasi
tahrirSharqiy Qozogʻiston viloyati hududining asosiy qismi Oltoy togʻlarida joylashgan. Irtishning oʻng sohilini tizmalar, yassitogʻlik va soyliklar egallagan. Eng baland joyi viloyatning shimoli-sharqidagi Katun tizmasida (Beluxa togʻi, 4506 m). Muzlik koʻp. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 17 °C, —26 °C, iyulniki 19—23 °C. Yillik yogʻin 250–380 mm. Rudali Oltoyda 1000–1500 mm. Asosiy daryosi — Irtish. Eng yirik koʻllari — Marqakoʻl, Zaysan (Buxtarma suv ombori tarkibida). Togʻ oldi tekisliklardagi qoratuproqlarda chalov, har xil oʻtlar, Irtishning chap sohilida toʻq kashtan tuproqlarda chalovbetaga oʻsimliklari oʻsadi. Togʻlarda qayin, togʻterak, terak, oqqaragʻay, qoraqaragʻay, tilogʻoch, kedr oʻrmonlari bor. Togʻoʻrmon mintaqasi moʻynali hayvonlarga boy, koʻllarida baliq turi koʻp. Ondatra, barguzin soboli iqlimlashtirilgan. Mineral buloqlar bor.
Hududiy boʻlinishi
tahrir- Tumanlar soni — 15
- Shahar — 10
- * Shahar ahamiyatiga ega shahar — 5
- * Viloyat ahamiyatiga ega shahar — 5
- Kent — 24
- Qishloq — 826
Sharqiy Qozogʻiston viloyatining tumanlari
tahrir- Abay tumani (Sharqiy Qozogʻiston viloyati)
- Ayagoʻz tumani
- Besqaragʻay tumani
- Borodulixa tumani
- Glubokoe tumani
- Jarma tumani
- Zaysan tumani
- Ziryan tumani
- Katon-Qaragʻay tumani
- Koʻkpekti tumani
- Kurshim tumani
- Tarbagʻatay tumani
- Ulan tumani
- Urjar tumani
- Shemonaixa tumani
- Viloyat ahamiyatiga ega 6 ta shaharlar:
Sanoati
tahrirXoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — Rudali Oltoy polimetall konlari asosida faoliyat koʻrsatayotgan rangli metallurgiya. Oʻstkemen (Ust-Kamenogorsk) qoʻrgʻoshin rux, Irtish polimetall, Belogorsk ruda boyitish va Ziryanovsk qoʻrgʻoshin kombinatlari ishlab turibdi. Mashinasozlik, kondensator va priborsozlik zavodlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari (uysozlik, yogʻochsozlik kombinatlari, yigʻma temirbeton zavodlari) sanoatining salmogʻi katta. Yengil (tikuvchilik fabrikasi), oziq-ovqat (moy va pivo zdlari, goʻsht, baliq kombinatlari) sanoatlari ham muhim ahamiyatga ega. Irtishda Oʻstkemen, Ulba, Buxtarma GES-lari ishlab turibdi.
Qishloq xoʻjaligi
tahrirQishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik, sut-goʻsht va goʻshtjun chorvachiligi. Donli ekinlar, kungaboqar, sabzavot, kartoshka ekiladi. Zaysan soyligida obikor dehqonchilik, bogʻdorchilik va qisman, tokchilik bilan shugʻullaniladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, choʻchqa, yilqi, parranda boqiladi. Asalarichilik, baliqchilik, moʻynachilik rivojlangan. Irtishda kema qatnaydi. Temir yoʻl uzunligi qariyb 450 km. Avtomobil yoʻllari uzunligi 7 ming km dan ziyod.
Transport
tahrirSharqiy Qozogʻiston viloyatida temir, avtomobil, suv va havo yoʻllari yaxshi rivojlangan. 2005-yili viloyat boʻyicha:
- avtomobil yoʻlining uzunligi 11830 km
- temir yoʻlining uzunligi 1203 km
- suv yoʻlining uzunligi 1084 km boʻldi.
Maorif sohasi
tahrir2005-yil Sharqiy Qozogʻiston viloyatida maktabgagacha bolalar mahkamasi 80 ga, undagi bolalar soni 11952 ga yetdi; 2005—2006 oʻquv yilida bilim berishning barcha sohalari boʻyicha oʻquvchilarning soni 331,5 mingtani tashkil qildi,
- 230,3 mingi umumiy bilim beruvchi maktablarda
- 13,0 mingi kasb-hunar maktablar va litseylarda
- 35,4 mingi kolledjlarda
- 52,8 mingi oliy oʻquv yurtlarida bilim olishadi
Bilim beruvchi mahkamalar
- 834 maktablar
- 39 kasb-hunar maktablar
- 43 kolledjlar
- 10 oliy oʻquv yurti
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам, 2013-01-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-07-16
- ↑ Агентство Республики Казахстан по статистике. Перепись населения Республики Казахстан 2009 Года. Краткие итоги., 2018-11-18da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-28
- ↑ 3,0 3,1 3,2 V sovremennix granitsax Vostochno-Kazaxstanskoy oblasti, vklyuchaya bivshuyu Semipalatinskuyu oblast
- ↑ Agentstvo Respubliki Kazaxstan po statistike. Arxiv (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan): Natsionalniy sostav naseleniya Respubliki Kazaxstan i ego oblastey (tom 1) (Wayback Machine saytida 2011-08-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ Chislennost naseleniya po oblastyam, gorodam i rayonam, polu i otdelnim vozrastnim gruppam, otdelnim etnosam na 1-yanvarya 2010 goda, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-02
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |