Sharqiy Turkiston Jumhuriyati - tarixda Sharqiy Turkiston hududida tuzilgan davlat. 1944-yilning 12-noyabrida Sharqiy Turkistondagi "Ozodlik jamiyati" yig'ilishida mustaqilligi e'lon qilingan. Davlat poytaxti etib G`ulja shahri tayinlandi[1].

Sharqiy Turkiston Jumhuriyati
1944 — 1946



Shiori
La ilaha illaloh, Muhammadur Rasululloh
Poytaxti G'ulja shahri
Yirik shaharlari G'ulja, Suydun, Kunas va boshqalar
Til(lar)i Oʻzbek tili, uyg'ur tili, qozoq tili, qirgʻiz tili
Dini Islom
Aholisi oʻzbeklar, uyg'urlar, tojiklar, qirgʼizlar, qozoqlar, qipchoqlar

Hukumat hay’at aʼzolari

tahrir
 
Alixontoʻra_Sogʻuniy

12-noyabrdagi yegʻilishda Sharqiy Turkiston islom hukumati raisi etib Alixonto'ra Shokirxo'ja o'g'li, muovin raisi etib Hakimbekxoʻja saylandi. Hukumat hay’at aʼzolari etib quyidagilar saylandi[2]

  • Muhammadjon Maxdum
  • Abdurauf Maxdum
  • Solihjonboy (Bobojon)
  • Rahimjon Sobir hoji
  • Joniy (Gʻaniy) Yoʻldosh
  • Zunnun Tayib
  • Nuriddinbek (Ilohun)
  • Qosimjon Qambariy
  • Abdukarim Abbos
  • Abulhaytoʻra
  • Muhiddin oxun Qanot
  • Umarjon (Pirmuhammad)
  • Habib Yunusiy
  • Moskalev
  • Karimjon dungan
  • Hakimbekxoʻja

Mustaqillik Bayonoti

tahrir

1942-yil, 12-noyabr sanasida Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining 9 moddadan iborat boʻlgan Mustaqillik Bayonoti qabul qilingan.[2] 9 moddaning har biri mustaqillikni toʻliq va oshkora ifodalovchi, inson huquqlarini toʻla himoyalovchi islomga asoslangan hujjat boʻlgan.

Bayrogʻi

tahrir
 
Sharqiy Turkiston bayrogʻi

Sharqiy Turkiston islom hukumati bayrogʻi yashil rangda boʻlib, qoʻshimcha sariq rang ishlatilgan. Shuningdek, bayroqda oy-yulduz, „La ilaha illaloh, Muhammadur Rasululloh“ yozuvi boʻlgan.

Bayroqning tuzilishi ham 9 moddalik bayonotda qabul qilingan.[2]

Sharqiy Turkiston milliy armiyasi

tahrir

1945-yil 8-aprelda Sharqiy Turkiston milliy armiyasi tashkil etildi[3]. Askarlikka qabul qilish va harbiy masalalar bilan shugʻullanuvchi Harbiy Shoʻro tuzilgan. Rahbarlikka Asilxon Alixonto'ra o'g'li tayinlangan.[2] Ushbu qoʻshin ichidan Gʻani botir (uygʻur), Usmon Botir (qozoq), Akbar botir (qozoq), Fotix botir (tatar), general Palinov (rus) kabi xalq qahramonlari yetishib chiqdi[3].

Ijtimoiy tashkilot va jamiyatlar

tahrir

Sharqiy Turkiston Jumhuriyati davlat sifatida oz vaqt mavjud boʻlgan boʻlsada, unda turli tashkilot va jamiyatlar keng faoliyat yuritgan.Masalan, „Yoshlar tashkiloti“, „Xotin qizlar tashkiloti“ va „Majruhlar jamiyati“ shular jumlasidan.

Jumhuriyat gazetasi

tahrir

Hukumatning dastlabki kunlaridanoq „Ozod Sharqiy Turkiston“ gazetasi va yana rus tilidagi gazetalarni nashr qilish boshlangan.

Hokimlar

tahrir

Sharqiy Tukiston Jumhuriyati viloyat va shaharlarining voliylari[2]:

  • Gʻulja shahri hokimi Tayyip oxun
  • Suydun shahar hokimi Muhammadsharif oxun
  • Chilpanzga hokimi Hoshimjon oxun
  • Choʻchak viloyati hokimi Boshvoy qozoq
  • Sovon hokimi Qalibek
  • Kunas hokimi Joyirbek
  • Toʻqqiztoro hokimi Jonboʻlat
  • Tekas nohiya hokimi Madi oqoloqchi
  • Moʻngʻul Ashin ombol

Hukumatning tugatilishi

tahrir

Turkiston Jumhuriyati mustaqilligini saqlab qololmasligining asosiy sababi qurol-yaroq jihatdan sovetlarga qaramligi edi. 1946-yil 23-iyunda „Sharqiy Turkiston hukumati tarqatildi“ deb eʼlon qilindi.

Manbalar

tahrir
  1. Shokirov, Abror „Alixon To`ra Sog`uniyning hayoti va Turkiston mujodalasi.“. https://uforum.uz/index.php. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Sog'uniy, Alixonto'ra. Turkiston qayg'usi I-II qism. Toshkent: Sharq nashriyoti — 387, 388, 393-bet. ISBN 978-9943-6613-8-7. 
  3. 3,0 3,1 Shokirov, Qutlug'xon (Ediqut) „Икки Туркистон ғурури. Алихонтўра Соғуний“. https://shosh.uz/. Qaraldi: 22-may 2022-yil.

Havolalar

tahrir