Shaueshek
Shaueshek (qozoqcha: شاۋەشەك uygʻurcha: Chöchek, چۆچەك, xitoycha: 塔城; Pinyin: Tǎchéng- Tachen) — Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayonidagi shahar. Shaushek tumani (xitoycha: 塔城地区, Tǎchéng Dìqū) — Ili Qozoq avtonom viloyatiga kiradi. Oʻtmishda bu shahar va uning tumani Rossiyada Tarbagʻatoy (uygʻurcha:Tarbaƣatay) deb atalgan.
Geografiya
tahrirShinjonning shimoliy qismida, Tarbagʻatoy togʻ tizmasi etagida joylashgan.
Shaharning gʻarbida, uni Sharqiy Qozogʻiston viloyati bilan bogʻlovchi yoʻlning boʻyida, undan 17 kilometr uzoqlikda „Baktu“ (巴克图) chegara punkti joylashgan. Uning Qozog‘iston tomoni „Baqti“ deb ataladi.[1]
Xalqi
tahrirButun Shoueshek tumanining maydoni 98 824 kvadrat kilometr tashkil qiladi, aholining soni 892 397 kishi (2000). 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga boʻyicha, tumanning milliy tarkibi quyidagicha edi:
Millat | soni | Viloyat aholisining ulushi |
---|---|---|
xitoylik | 522.829 | 58,59% |
qozoqlar | 216.020 | 24,21% |
dunganlar | 66.458 | 7,45% |
uygʻurlar | 36.804 | 4,12% |
moʻgʻullar | 29.759 | 3,33% |
Dungsilar | 5500 | 0,62% |
daurlar | 4.533 | 0,51% |
ruslar | 2.948 | 0,33% |
qirgʻiz | 1.870 | 0,21% |
sibe | 1.536 | 0,17% |
boshqalar | 4.140 | 0,46% |
Shaueshek shahrining oʻzida 1994-yil hisoblanganday 56,4 ming kishi yashagan.
Daurlar va Sibes Shaueshek tumaniga Uzoq Sharqdan 1764-yillari Xitoyning gʻarbiy chegarasin yopish maqsadi bilan koʻchirilgan.
Shaueshekdagi pravoslav cherkovi Madaniy inqilob davrida vayron qilingan, endi mahalliy rus jamoatchiligi vakillari uni qayta tiklashga mahalliy hokimiyatdan yordam soʻramoqda.[2]
Tarixi
tahrirXIX asrda bu shahar Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi muhim savdo markazi boʻlgan.
1865-yili dungan qoʻzgʻolonining paytida shahar qattiq vayron qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ Suxoputniy (avtodorojniy) KPP „Baxti“
- ↑ XINJIANG: Security service investigation followed Orthodox priestʼs deportation (September 2004) (Inglizcha)
Havolalar
tahrir- G. E. Grum-Grjimailo, Tarbagatay tumani[sayt ishlamaydi] (ESBE, taxminan 1898-yil)
- M. A. Chertikov, „Tarbagatayskie Qirgʻiz“ (Wayback Machine saytida 2007-12-02 sanasida arxivlangan) 2007-yil 2-dekabr.