Shavla
Shavla — ovqat turi. Shavla tayyorlash uchun goʻsht maydaroq boʻlaklarga boʻlinib, sabzi somoncha shaklida, piyoz parrak -parrak qilib toʻgʻraladi. Qozonga yogʻ solib barcha masalliq xuddi palovning zirvagi kabi qovurilib, 2—3 dona pomidor yoki 2 osh qoshiq tomat qoʻshiladi. Masalliq yaxshi qovurilgach, suv quyib qaynatiladi, tuz va ziravorlar solib taʼmi rostlanadi. Soʻngra yuvib tozalangan guruch solib, kavlab pishiriladi. Agar guruch solinganda suvi kamlik qilsa, yana qaynagan suv qoʻshish mumkin. Suvi tortilib, guruchi bir-biriga qovushgach, taom tayyor hisoblanadi. Tayyor taom olovdan olinib, qopqogʻi yopilgan holda 10—15 min. „dam yediriladi“. shahrining ichak Shavla, -qovurma Shavla, loviya Shavla, oʻrikli (turshakli) Shavla va boshqa xillari mavjud. Shavla parhez taomlar guruhiga kiradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |