Shaxina Yigitaliyeva
oʻzbekistonlik parasportchi
Shaxina Yigitaliyeva (16-oktyabr 2008-yil, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning nayza uloqtirish yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi[1]. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining kumush medal sohibi[2].
Shaxina Yigitaliyeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi | 16-oktyabr 2008-yil |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Paralimpiya oʻyinlari |
Faoliyati
tahrir2024-yilgi Parij Paralipiadasida yengil atletika musobaqasi nayza uloqtirish bahslarining F46 klassida (bir yoki ikkala qoʻl harakati oʻrtacha darajada nuqsonlangan yoki oyoq-qoʻllari yoʻq sportchilar qatnashadi) 43.12 metr natija bilan kumush medalni qoʻlga kiritdi[3].
Mukofotlari
tahrir- Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi[4]
- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)[5]
Manbalar
tahrir- ↑ „15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi“.
- ↑ „15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o’yinlarining kumush medaliga sazovor bo’ldi“. uzreport.news. Qaraldi: 7-sentabr 2024-yil.
- ↑ „15 yoshli Shahina Yigitaliyeva — Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi“. gazeta.uz. Qaraldi: 7-sentabr 2024-yil.
- ↑ „“Milliy sport mukofoti-2023” o‘z g‘oliblarini aniqladi“. olympic.uz. Qaraldi: 7-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.