Shaxsga qarshi jinoyatlar
Shaxsga qarshi jinoyatlar (OʻzR da) — ijtimoiy xavfli qilmishlarning asosiy turi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida taʼkidlanganidek, umuminsoniy prinsiplarga koʻra, inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadrqimmati va boshqalar daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi (13-modda).
SH.q.j. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi boʻyicha quyidagi xillarga boʻlinadi: hayotga qarshi (97—103-moddalar); sogʻliqqa qarshi (104— 111-moddalar); hayot yoki sogʻliq uchun xavfli (112— 117-moddalar); jinsiy erkinlikka qarshi (118121-moddalar); oila, yoshlar va axloqqa qarshi (122—134-moddalar); shaxs ozodligi, shaʼni va qadrqimmatiga qarshi (135—140-moddalar); fuqarolar konstitutsiyaviy huquq va erkinligiga qarshi (141 — 149-moddalar) jinoyatlar.
SH.q.j. turli darajada xavfli boʻlib, insonni hayotdan, tabiiy va ijtimoiy neʼmatlardan bahramand boʻlish, xotirjam va farovon yashash hamda faoliyat koʻrsatish, jismoniy, ruhiy va maʼnaviy aziyat chekmay oʻz qobiliyatini namoyon qilishdan mahrum etishlikda ifodalanadi. Shaxsga qarshi jinoyatlarj. ning aksariyati bilaturib, gʻaraz maqsadlarda, qasddan, guruh boʻlib sodir etiladi, baʼzilari esa, ehtiyotsizlik, beparvolik va harakatsizlik oqibatida yuz beradi. Shaxsga qarshi jinoyatlarj. uchun qoʻllaniladigan jazo choralari qonunda koʻrsatilgan javobgarlikni ogʻirlashtiradigan yoki yengillashtiradigan holatlarni, shuningdek, har bir aybdorning shaxsini hisobga olib tayinlanadi. Mas, javobgarlikni ogʻirlashtiradigan birmuncha hollarda qasddan odam oʻldirganlik uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki oʻlim jazosi nazarda tutilgan (JK, 97-modda, 2-qism). Bila turib, gʻayriqonuniy ravishda shaxsni ishdan boʻshatish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 25 barobarigacha miqdorda jarima solish bilan jazolanishi mumkin (JK, 148-modda, 1-qism).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |