Shayx G'olib
Shayx Gʻolib toʻliq nomi Gʻolib Mehmed Esed Dede (1757-yil — 1799-yii 3-yanvar) boʻlgan mashhur turk devon adabiyoti shoiri va tasavvufchisi edi[1].
Shayx G'olib | |
---|---|
Asl ismi | G'olib Mehmed Esed Dede |
Tavalludi |
Mehmed 1757-yil Istanbul |
Vafoti |
3-yanvar 1799-yil Istanbul |
Taxallusi | Esed, G'olib |
Ijod qilgan tillari | Usmonli turk tili, Fors tili va Arab tili |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi |
Yoʻnalish | Sebk-i Hindi |
Faoliyat turi | Shoir, yozuvchi |
Hayoti
tahrirU 1757-yilda Istanbulda dunyoga keldi. Tugʻilgandagi ismi Mehmet edi. Otasining ismi Mustafo Sayyid, onasining ismi esa Emine Xonim edi. U Galata Mavlaviyxonasida Shayx Husayn Dede va Xoʻja Neshet Afandidan til va adabiyot darslari oldi. Kichik yoshlaridanoq sheʼr yozishni boshladi. 24 yoshga kirgan vaqtidayoq uning devon tuzishga yetarli darajada sheʼrlari bor edi. 1791-yil 9-iyunda U Galata Mavlaviyxonasining shayxi etib tayinlandi[2]. U 1798-yilda vafot etdi va shu mavlaviyxona hovlisidagi qabristonga dafn etildi[3].
Adabiy uslubi
tahrirU Esed va Gʻolib taxalluslari bilan ijod qilgan. 1780-yil 24 yoshga kirganida oʻzi yozgan sheʼrlarni toʻplab devon yaratgan. U turk adabiyotida birinchilardan boʻlib, timsolga oʻxshatish uslubida ijod qilgan. Bu uslubda koʻplab yangiliklar ixtiro qilgan, ammo devon anʼanalaridan uzoqlashmagan va turk devon adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Shayx Gʻolib asarlarining eng ahamiyatli jihati shundaki, ular tasavvufiy asoslarga ega. Tasavvuf va timsolga oʻxshatish uslubini uygʻunlashtirganligi sababli turk adabiyotida yangi davrni boshlab bergan hisoblanadi[manba kerak]. U oʻz asarlarida kuchli timsollardan foydalanib, koʻpincha tasavvur unsurlariga yer bergan. Oʻquvchiga yetkazmoqchi boʻlgan fikrlarini oʻxshatish va timsollar orqali tasvirlagan. Turk adabiyotidagi Sebk-i Hindi oqimining eng muhim namoyandalaridan biridir. Shayx Gʻolib mumtoz turk adabiyotining soʻnggi buyuk shoiridir.
Asarlari
tahrir- Devon (sheʼrlar)
- Husn-ü Ashq (Goʻzallik va Sevgi)
- Sherh-i Cezire-i Masnaviy
- As-Sohbetu’s-Sofiyya
- Zübde-i alem
Yana qarang
tahrir- MEB 100 turk adabiyoti roʻyxati
Manbalar
tahrir- Galata Mevlevihanesi. Ankara: Yeni Avrasya Yayınları, Nisan 2003. ISBN 975-6669-30-6.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 25 şubat 2022da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 şubat 2022.
- ↑ Dayıoğlu, Server; ss. 58
- ↑ Dayıoğlu, Server; ss. 59