Shayx Ismoil Maxdum

(1893-yil Namangan shahri —1976-yil 22-yanvar Toshkent)

Shayx Ismoil Maxdum (1909-yil[1] Namangan shahri1976-yil 22-yanvar Toshkent) – imom-xatib va muftiy. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari.

Shayx Ismoil Maxdum
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1909-yil
Namangan shahri
Vafoti 1976-yil 22-yanvar
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Dini Islom
Dafn etilgan joyi Mavlono qabristoni

Biografiyasi

tahrir

Shayx Ismoil Maxdum 1893-yil Namangan shahrida diniy oilada tavallud topgan. Ismoil Maxdum ikkinchi farzand boʻlgan. Akasi Ibrohim Maxdum va ukasi Ishoq Maxdumlar ilm sohiblari boʻlish bilan birga murattab qoriy sifatida Oʻzbekistonning masjidlarida imom-xatiblik vazifasida xizmat qilishgan. Ismoil Maxdum boshlangʻich taʼlimni oʻz otasi va diniy maktabda oldi.

1943-yili Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasini tashkil qilishda, masjidlar ochishda Ismoil Maxdum faol qatnashdi. 1943-yilda diniy idoraning birinchi raislari muftiy Eshon Boboxon ibn Abdulmajidxon boshchiliklaridagi birinchi haj safariga borgan. Namangan shahrida eʼtiborga molik boʻlgan ushbu masjidda Shayx Ismoil Mahdum Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari vazifasiga tayinlanish davrigacha salohiyatli imomlar qatorida xizmat qilgan.

Shayx Ismoil Maxdumning musulmonlar hayotiga oid diniy dolzarb masalalarni hal etish va fatvolar ishlab chiqishdagi xizmatlari ham katta boʻlgan. Koʻp masalalarni kitob koʻrmay, oʻz oʻrnida hal qilib berardilar. „Sovet sharqi musulmonlari“ jurnalining taʼsis etilishida jonkuyarlardan biri boʻlish bilan birga, jurnal sahifalarida u kishining tafsir, hadis va fiqhga oid maqolalari muntazam bosilib turar edi. Shayx Ismoil Maxdum 6 marta hojilarga bosh boʻlib, muborak haj safarini ado etgan[2].

Shayx Ismoil Maxdum 1976-yil 22-yanvarda Toshkentda vafot etgan[3]. Namangan shahridagi Mavlono qabristoniga dafn etilgan.

Oilasi

tahrir

Oilali, 5 oʻgʻil va 3 qiz farzandi bor.

Manbalar

tahrir
  1. „Исмоил Махдум Саттиев“. islom.uz. Qaraldi: 10-oktabr 2024-yil.
  2. „Шайх Исмоил Махдум“ (qadriyat.uz). 2016-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  3. „SHAYX ISMOIL MAXDUM (1893—1976)“ (ziyouz.com). 2016-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.