Xalifa ibn Zayd al Nahayon
Shayx Xalifa ibn Zoid ibn Sulton Ol Nahayon (arabcha: خليفة بن زايد بن سلطان آل نهيان; 1948-yil 7-sentyabr – 2022-yil 13-may) – Birlashgan Arab Amirliklarining ikkinchi prezidenti va Abu-Dabi hukmdori boʻlib, 2004-yil noyabridan 2022-yilning may oyida vafotigacha xizmat qilgan[2][3][4].
Xalifa ibn Zayd al Nahayon | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
خليفة بن زايد آل نهيان | |||||||||
BAA Prezidenti Xalifa ibn Zayd al Nahayon | |||||||||
Mansab davri 2004-yil 3-noyabr – 2022-yil 13-may | |||||||||
Hukumat boshligʻi | Muhammad ibn Rashid al Maktum | ||||||||
Oʻtmishdoshi | Zayd ibn Sulton al Nahayon | ||||||||
Vorisi | Muhammad ibn Zayd al Nahayon | ||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||
Tavalludi |
25-yanvar 1948-yil Abu-Dabi | ||||||||
Vafoti |
13-may 2022-yil (74 yoshda) Abu-Dabi[1] | ||||||||
Otasi | Zayd ibn Sulton al Nahayon | ||||||||
Mukofotlari |
|
Xalifa Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi prezidenti Zayd ibn Sulton al Nahayonning toʻngʻich oʻgʻli edi. Abu-Dabi valiahd shahzodasi boʻlgan. Otasi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga duch kelganida, amalda prezidentlik vazifasini bajargan[5]. 2004-yil 2-noyabrda otasining oʻrniga Abu-Dabi hukmdori etib tayinlandi va ertasi kuni Federal Oliy Kengash uni BAA prezidenti etib sayladi. Abu-Dabi hukmdori sifatida u Abu-Dabiga madaniy va ilmiy markazlarni jalb qilib, Luvr Abu-Dabi, Abu-Dabi Nyu-York universiteti va Abu-Dabi Sorbonna universitetini tashkil ettirdi[6].
Xalifaning prezidentligi davrida Birlashgan Arab Amirliklari mintaqaviy iqtisodiy kuchga aylandi va uning iqtisodiyoti oʻsdi[7][8]. Xalifa gʻarbparast modernizator sifatida koʻrilgan, uning yumshoq yondashuvi mamlakatni mintaqaviy siyosatdagi keskin davrda boshqarishga imkon bergan. AQSh va Isroil bilan yaqinroq aloqalarni oʻrnatgan[9]. 2007-2008 yillardagi moliyaviy inqiroz davrida prezident sifatida Dubayga milliardlab dollarlarni jalb qila oldi[7]. 2010-yil 4-yanvarda Burj Dubay nomi bilan ochilgan dunyodagi eng baland texnogen inshoot uning sharafiga Burj Xalifa deb oʻzgartirildi[10].
2014-yil yanvar oyida Xalifa insultga uchradi[11]. Keyinroq davlat ishlarida pastroq mavqeni oldi, lekin prezidentlik vakolatlarini saqlab qoldi. Uning ukasi Muhammad ibn Zayd al Nahayon davlatning muhim ishlarini va Abu Dabi amirligining kundalik qarorlarini qabul qilgan[12]. 2018-yilda Forbes jurnali uni dunyoning eng qudratli odamlari roʻyxatiga kiritdi[13]. 2022-yil 13-mayda vafotidan soʻng Xalifaning oʻrniga uning ukasi Muhammad keldi.
Manbalar
tahrir- ↑ „БААда президент вафоти муносабати билан уч кунлик мотам эълон қилинди“. kun.uz.
- ↑ „Sheikh Khalifa ibn Zayed Al Nahyan | Biography, Family, & Facts“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2021-yil 31-avgust.
- ↑ „UAE President Sheikh Khalifa bin Zayed passes away on 13 May 2022 at the age of 73“ (en). gulfnews.com. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ „UAE President Sheikh Khalifa bin Zayed passes away“ (en). Khaleej Times. Qaraldi: 2022-yil 13-may.
- ↑ „H. H. Sheikh Khalifa bin Zayed Al Nahyan“ (en). United Arab Emirates. Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
- ↑ „UAE president Sheikh Khalifa bin Zayed Al Nahyan dies aged 73“. The Guardian (2022-yil 13-may).
- ↑ 7,0 7,1 „UAE president Sheikh Khalifa bin Zayed Al Nahyan dies aged 73“. The Guardian (2022-yil 13-may).
- ↑ „The UAE economy's transformation under Sheikh Khalifa's leadership“. The National (2022-yil 14-may).
- ↑ „Modernising UAE leader Khalifa moved UAE closer to U.S.“. Reuters (2022-yil 13-may).
- ↑ „World's tallest building opens in Dubai“. BBC News (2010-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 11-aprel.
- ↑ „Sheikh Khalifa's condition stable as he recovers from stroke“. The National (2014-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 16-iyul.
- ↑ „UAE president stable after suffering stroke“. Financial Times (2014-yil 26-yanvar).
- ↑ „The World's Most Powerful People“ (en). Forbes. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.