Muhammad ibn Rashid al Maktum
Shayx Muhammad bin Rashid al Maktum (arabcha: محمد بن راشد آل مكتوم) – Dubayning hozirgi hukmdori, amirlik siyosatchisi va qirollik arbobi, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) vitse-prezidenti, bosh vaziri va mudofaa vaziri lavozimlarida ishlaydi[1]. Muhammad akasi Maktum bin Rashid al Maktumning oʻrniga 2006-yilda BAA vitse-prezidenti va Dubay hukmdori lavozimini egalladi[2][3][4].
Muhammad ibn Rashid al Maktum | |
---|---|
arabcha: محمد بن راشد المكتوم | |
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri | |
Mansab davri 2006-yil | |
Prezident | Xalifa ibn Zayd al Nahayon |
Oʻtmishdoshi | Xalifa ibn Zayd al Nahayon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-iyul 1949-yil Dubay, BAA |
Bolalari | (16 nafar farzandi bor) |
Mukofotlari |
Milliarder Muhammad oʻz daromadining katta qismini koʻchmas mulkdan oladi va „dunyodagi eng koʻzga koʻringan koʻchmas mulk egalardan biri“ sifatida tavsiflanadi[5]. Dubay hukumati va hukmron al Maktum oilasining mulklari oʻrtasida aniq chegara bor[6][7]. Unga tegishli boʻlgan yer davlat mulki sifatida boshqariladi[6]. U Dubayning global shaharga aylanishini, shuningdek, Emirates Airline, DP World va Jumeirah Group kabi bir qator davlat korxonalarining ishga tushirilishini nazorat qiladi[8]. Ulardan baʼzilari Dubai Holdingga tegishli. Muhammad Dubayda Palma orollari va Burj al Arab mehmonxonasi, shuningdek, dunyodagi eng baland bino boʻlgan Burj Xalifa kabi baʼzi loyihalarning rivojlanishini nazorat qilgan[9][10].
Muhammad Dubayning mutlaq hukmdori va BAA bosh vaziri boʻlib, prezident tomonidan tayinlangan[11][12]. Hukumat avtokratik, demokratik institutlar mavjud emas va ichki norozilik taqiqlangan[13][14][15][16]. Olimlar tomonidan avtoritar sifatida tavsiflanadi[17][18].
2020-yil 5-mart kuni Britaniya sudi Muhammad ikki qizi Shamsa va Latifani oʻgʻirlab ketgan hamda oʻzining sobiq rafiqasi, Iordaniya malikasi Haya bint Husaynga tahdid qilgan, degan qarorga keldi[19]. Aytilishicha, Shamsa va Latifa 2000-2018-yillarda buyon Muhammadning buyrugʻi bilan Dubayda hibsda saqlanayotganda majburan dorilangan[20]. 2021-yil 16-fevralda BBCning Panorama telekanali Latifani otasining buyrugʻi bilan Dubayda yashirincha hibsda boʻlgan videoxabarlari aks etgan hujjatli filmni efirga uzatdi[21][22].
Muhammad ot sporti bilan shugʻullanadi. Maktumlar oilasiga tegishli Godolphin otxonasining asoschisi va oltita davlatda faoliyat yurituvchi Darley zotli naslchilik korxonasining egasi[23].
2021-yil oktabr oyida Xalqaro tadqiqotchi jurnalistlar konsorsiumi (ICIJ) tomonidan olib borilgan tergov dunyo boʻylab 330 dan ortiq taniqli siyosatchilar va davlat amaldorlarining ofshor kompaniyalar bilan aloqalari borligini aniqladi. Ular orasida 35 nafar amaldagi va sobiq jahon yetakchilari bor edi. Sizdirilgan 11,9 million faylda Muhammad bin Rashid al Maktum ham oʻz boyligini boshqarish va kengaytirish uchun ofshor kompaniyalardan foydalanganini koʻrsatdi. Oʻz oldi-sotdisini amalga oshirish uchun Britaniya Virjiniya orollari va Bagama orollarida soliqlardan ozod etilgan uchta kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazdi. Amirlikdagi Axiom Limited firmasi tomonidan roʻyxatga olingan uchta kompaniya – „Tandem Investco Limited“, „Tandem DirectorCo Limited BVI“ va „Allied International Investments Limited“ Bagama orollarida edi. Qisman Muhammadning asosiy aksiyalariga egalik qiluvchi Dubay xoldingiga tegishli boʻlgan Axiom Limited uchta kompaniyadan „asosiy biznesini kengaytirish“ uchun foydalangan[24][25][26].
Manbalar
tahrir- ↑ „Dubai Rulers“. Government of Dubai. 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-mart.
- ↑ Pranay Gupte. Dubai: The Making of a Megapolis. Penguin UK, January 2011. ISBN 9788184755046. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
- ↑ 15 bogateyshix monarxov mira | Forbes.ru
- ↑ Гагарин, Вадим „Михаэль Шумахер получил от шейха остров в подарок“. Драйв (2006-yil 25-oktyabr). 2013-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-may.
- ↑ OCCRP. „Luxembourg Companies Lead to Luxury Real Estate Across Europe“ (en). OCCRP. 2021-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-iyul.
- ↑ 6,0 6,1 Herb, Michael. The Wages of Oil: Parliaments and Economic Development in Kuwait and the UAE. Cornell University Press, 2014 — 110–111-bet. ISBN 978-0-8014-5336-6. Qaraldi: 2021-yil 24-may.
- ↑ Analysis, Andrew Hammond-. „"Dubai model" was the vision of one man“ (en). Reuters (2009-yil 27-noyabr). 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- ↑ „Sheikh Mohammed Al Maktoum: Who is Dubai's ruler?“ (en-GB). BBC News (2021-yil 16-fevral). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-aprel.
- ↑ „In Dubai, the Sky's No Limit“ (en-US). Los Angeles Times (2005-yil 13-oktyabr). 2021-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-may.
- ↑ „Dubai ruler has big ideas for the little city-state“ (en-GB). www.ft.com (2007-yil 3-may). 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-may.
- ↑ „Sheikh Mohammed Al Maktoum: Who is Dubai's ruler?“ (en-GB). BBC News (2021-yil 16-fevral). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
- ↑ „About the Government | UAE Embassy in Washington, DC“ (en). www.uae-embassy.org. 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
- ↑ „Standing still but still standing“. The Economist (2009-yil 26-noyabr). 2021-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
- ↑ Correspondent, Louise Callaghan, Middle East. „Sheikh Mohammed Al Maktoum of Dubai: six wives, 30 children and a 14-year reign of control“ (en). The Times. 2021-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
- ↑ Marozzi, Justin. Islamic Empires: Fifteen Cities that Define a Civilization (en). Penguin UK, 2019. ISBN 978-0-241-19905-3. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr. „There is no free speech in Dubai... criticism of the ruling family, or any other political activity, is absolutely prohibited... Sheikh Mohammed bin Rashid al Maktoum, Ruler of Dubai“
- ↑ „Dubai faces self-made public image 'disaster'“. www.ft.com (2009). 2022-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
- ↑ Herb, Michael. The Wages of Oil: Parliaments and Economic Development in Kuwait and the UAE. Cornell University Press, 2014 — 50, 128-bet. ISBN 978-0-8014-5336-6. Qaraldi: 2021-yil 24-may. „The scores for the UAE on these measures are not unreasonable; it is an authoritarian regime... Sheikh Rashid, the ruler of Dubai, was made the prime minister of the federation“
- ↑ Yom, Sean. Government and Politics of the Middle East and North Africa: Development, Democracy, and Dictatorship (en). Routledge, 2019 — Box 17.4-bet. ISBN 978-0-429-75639-9. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Dubai's Sheikh Mohammed abducted daughters and threatened wife – UK court“. BBC News (2020-yil 5-mart). 2020-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-mart.
- ↑ „WORLD EXCLUSIVE: Dubai royal insider breaks silence on escaped princesses | 60 Minutes Australia“. 2024-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-yanvar.
- ↑ Siddique, Haroon. „Dubai ruler to have no direct contact with two children after UK court battle“. The Guardian (2022-yil 24-mart). 2022-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-mart.
- ↑ Panorama - The Missing Princess (ingliz (Britaniya)), 17 February 2021da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 17 February 2021
- ↑ Narayan, Satya. „Mohammed is new world endurance champion“. Gulf News (2012-yil 25-avgust). 2014-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-noyabr.
- ↑ „Offshore havens and hidden riches of world leaders and billionaires exposed in unprecedented leak“. International Consortium of Investigative Journalists (2021-yil 3-oktyabr). 2021-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Pandora Papers: Secret tax havens of world leaders, celebrities revealed“. Deutsche Welle. 2021-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Pandora Papers: The offshore companies of UAE's Sheikh Mohammed“. Middle East Eye. 2020-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.