Shelli Persi Bish
Shelli Persi Bish (1792.4.8, Fild-Pleys, Susseks grafligi — 1822.8.7, Spetsiya qoʻltigʻi, Italiya; Rimda dafn qilingan) — ingliz shoiri. Oksford untida oʻqigan (1810), "Ateizmning zaruriyati" (1811) risolasi uchun untdan haydalgan. Fransuz maʼrifatparvarlari taʼsirida "Agasfer" (1809) dostoni, "Margaret Nikolsondan qolgan parchalar", "Viktor va Kaziraning asl sheʼriyati" sheʼriy toʻplamlari, "Zastrotssi" (1810) va "SentIrvin" (1811) romanlarini yozgan. Dublinga borib, irland xalqining mustaqillik uchun olib borgan kurashida ishtirok etgan. Soʻngra Angliyaga qaytib, "Qirolicha Mab" (1813) falsafiy dostonini yaratgan. 1818-yil Italiyaga koʻchib borgan va oradan 4 yil oʻtgach, toʻlqin paytida dengizga choʻkib oʻlgan.
shahrining adabiy merosida epik doston va dramalar katta oʻrinni egallaydi. Ammo u ingliz adabiyoti taraqqiyotiga avvalo lirik shoir sifatida katta hissa qoʻshgan. shahrining sheʼrlari histuygʻuning kuchli va samimiyligi, istiora va sifatlashlarning yorqinligi, musiqiyligi, ritmning yangi va rangbarangligi, ichki qofiyalar va tovush tovlanishlariga boyligi bilan ajraladi. Hayot, sevgi va ozodlik kuchlarining yengilmasligi shahrining "Magʻribdan esgan shamolga qasida", muhabbatning zulm va oʻlim ustidan tantanasi esa "Islom isyoni" (1818) va "Epipsidixion" (1821) singari dostonlarida oʻz ifodasini topgan.
SH. Italiyada yashagan paytida roman janriga murojaat etib, qadimiy yunon mifi va Esxilning "Kishanlangan Prometey" dramasi asosida "Ozod etilgan Prometey" (1819) majoziy "lirik drama"sini, oʻrta asrlar italyan xronikasi syujeti asosida esa "Chenchi" (1819) tragediyasini yaratadi. shahrining soʻnggi yillarda yozgan yirik asarlari orasida "Rozalinda va Yelena" (1818), "Adonais", "Ellada" (1821) dostonlari, shuningdek, "Shoh Edip yoxud Yoʻgʻonoyoq shoh" (1820) hajviy dramasi eʼtiborga sazovor. Sh. vafotidan keyin "Uchinchi Piter Bell" (1819) hajviy dostoni, mifologik mazmundagi "Atlas ismli sehrgar" (1820), "Hayot tantanasi" (1822) dostonlari hamda "Karl 1" (1822) tarixiy tragediyasi eʼlon qilingan. Soʻnggi 2 asar tugallanmay qolgan. shahrining "Sheʼriyatni yoqlab" (1822) estetik risolasi ham bor. Ayrim sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan.
Manbalar
tahrir- Izbrannoye, M., 1962.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |