Shemaxa astrofizika rasadxonasi
Shemaxa astrofizika rasadxonasi (ozarbayjoncha: Nəsirəddin Tusi Adina Şamaxı Astrofizika Rəsədxanası) — Ozarbayjon qarashli astrofizika rasadxona va Ozarbayjon fanlar akademiyasining i. t. muassasasi. 1958-yilda Shemaxa shahrida tashkil topgan (rasmiy ochilish marosimi 1960-yilda oʻtkazilgan); Shemaxa shahridan 22 km shim.gʻarbda 1435 m balandlikda joylashgan. Shemaxa astrofizika rasadxonasi r.da qator optik va radio teleskoplar mavjud. Astrofizik kuzatuvlar asosan 1960-yildan boshlangan.
Yulduz assotsiatsiyalari kashf etilishi (1961) Shemaxa astrofizika rasadxonasi r. ilmiy yoʻnalishini belgilab berdi. Rasadxonaning hozirgi asosiy ilmiy mavzui — Galaktika tarkibini oʻrganish va u bilan bogʻliq muammolarni (yulduzlarning kelib chikishi va rivojlanishi kabi) hal etishdan iborat. Shemaxa astrofizika rasadxonasi r.da 1962-yil "Turli tipdagi tarqoq yulduz toʻdalarining atlasi" nashr etildi. Rasadxonada yulduzlar va tumanliklar spektrlarini kuzatib oʻrganish, diffuz va planetar tumanliklarni tekshirish va boshqa ishlar, radioastrofizika sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari (radioteleskoplarni loyihalash va qurish, kuzatuv usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish) keng koʻlamda olib boriladi.
Rasmlar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
tahrirVikiomborda Shemaxa astrofizika rasadxonasi haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |