Sheralixon (Afgʻoniston amiri)

(Sher Ali Xondan yoʻnaltirildi)

Sher Ali Xon −1863-1879-yillarda Afgʻoniston amiri boʻlgan, (1825-1879).U Afgʻonistondagi Barakzoylar urugʻiga mansub boʻlgan[1]. Doʻst Muhammadxonning oʻgʻillaridan biri edi.

Islohotlar

tahrir

Sher Ali Xonning amir sifatida hukmronligi Afg‘onistondagi Barakzoy boshqaruvini isloh qilishga urinishlari bilan ko‘pincha esga olinadi. Sher Ali Xon hukmronligi davrida amalga oshirilgan oʻzgarishlarga hukumat lavozimlarining yaratilishi, harbiy islohotlar, Afgʻonistonda birinchi pochta xizmatining joriy etilishi va afgʻon rahbarining pushtu tilini targʻib qilish boʻyicha birinchi urinishlari kiradi.

Sher Alixon Barakzoy sardorlarining kuchini cheklashga harakat qildi [2]. U oʻgʻillariga viloyatlarni boshqarishga ruxsat bermay, oʻziga sodiq hokimlarni tayinladi[3]. Shuningdek, unga davlat masalalari boʻyicha maslahat beradigan 12 kishidan iborat kengash bor edi. U Bosh vazir (Sadr-i Aʼzam), moliya vaziri, ichki ishlar vaziri, urush vaziri, tashqi ishlar vaziri va xazina vaziri kabi turli vazirlik idoralarini yaratdi[3].

Sher Alixon davrida Afgʻoniston 5ta viloyatga: Kobul, Hirot, Afgʻon Turkistoni, Qandahor va Farohga boʻlingan [4]. Ilgari Faroh Hirotga boʻysungan edi, lekin buning oʻrniga u uni alohida viloyat qilib, uni amakivachchasi Sardor Muhammad Afzalga berdi (Muhammad Afzalxon bilan adashtirmaslik kerak).

Sher Ali Xonning hukmronligiga Britaniya imperiyasi va Rossiya imperiyasining bosimi toʻsqinlik qildi, ammo Sher Ali Xon Afgʻonistonni ularning bosqinlaridan saqlashga harakat qildi. Afgʻonistonga Rossiya hukumatining general Stoletov boshchiligidagi missiyasi (1877-yil) yuborilishidan xavotirlangan inglizlar oz missiyasini 1878-yilda joʻnatadilar, afgʻon amiri Sher Ali Xon esa bu missiyani qabul qilinishidan bosh tortdi va inglizlar oʻz kuchlarini yigʻib, Kobulga yurish qildilar. Sher Ali Xon Rossiya imperiyasidan siyosiy va harbiy yordam soʻrash maqsadida Kobulni tark etishni maʼqul koʻrdi. U Mozori Sharifda 1879-yilda vafot etdi va taxtni oʻgʻli Muhammad Yoqubxonga qoldirdi. Uning vafotidan soʻng ikkinchi ingliz-afgʻon urushi boshlandi.

.


Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
Dost Mohammad Xon
Barakzoy sulolasi
Afg'oniston amiri

9 June 1863 – 1866
Vorisi:
Mohammad Afzal Xon
Oʻtmishdoshi:
Muhammad A'zam Xon
Barakzoy sulolasi
Afg'oniston amiri

7 October 1868 – 21 February 1879
Vorisi:
Muhammad Yoqub Xon

Andoza:Monarchs of Afghanistan