Sherali
Sherali (1825-1879.20.11) -afgʻon amiri (1863—79). Doʻstmuhammadxonning oʻgʻillaridan biri. Mamlakat iqtisodiyoti, madaniyati ravnaqiga imkon beruvchi tadbirlarni amalga oshirgan. Uning davrida muntazam qoʻshin soni qoʻpaygan, yoʻllar tartibga solingan, Afgʻonistonda birinchi gazeta ("Shams annahor") nashr etila boshlagan. Mustaqil tashqi siyosat yuritishga intilgan, Afgʻonistonga qarshi 1878-yil bosqinchilik urushini boshlagan ingliz mustamlakachilari rejalariga qarshilik qoʻrsatishga harakat qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |