Shermat Yormatov (17-oktyabr 1939-yil, Fargʻona tumani – 22-dekabr 2021-yil, Toshkent, Oʻzbekiston[1]) – xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997).

Shermat Yormatov
Tavalludi 17-oktyabr 1939-yil
Fargʻona, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 22-dekabr 2021-yil(2021-12-22)
(82 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1967-2021
Mukofotlari

Taʼlimi

tahrir

U 1967-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan[2].

Mehnat faoliyati

tahrir

Toshkent shahridagi 99-oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va „Boychechak“ xor studiyasining rahbari (1962–82), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), „Bulbulcha“ bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). A. Qodiriy nomidagi Madaniyat instituti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994)[2].

Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi. Uning „Salom maktab“, „Gʻildiragim“, „Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!“, „Sumalak“, „Oymomojon rom boʻldi“, „Qizaloq“, „Xon atlas“, „Bu yurtning yoshlari“, „Chitti gul“ (folkloretnografik syuita), „Assalom hayot“ kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) kabi qoʻshiqlari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970-yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy „Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim“, „Birgalikda kuylaymiz“ telekoʻrsatuvlarini olib boradi[2].

Mukofotlari

tahrir

Shermat Yormatov 1994-yilda „Sogʻlom avlod uchun“ ordeni bilan mukofotlangan[2]. Shermat Yormatov 2021-yil 22-dekabrda olamdan oʻtdi.

Manbalar

tahrir