Shershoh
Shershoh, Sherxon Sur (asl ismi Farid) (1472—1545) — Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilgan (1539—55) afgʻonlarning suriylar sulolasi asoschisi. Maʼlum bir muddat Bobur xizmatida boʻlgan. Shimoliy Hindistonda hukmronlik qilgan boshqa afgʻon sulolasi (Loʻdiylar sulolasi — 1451 — 1526) davrida shahrining bobosi va otasi Hindistonga koʻchib kelib, hukmdorlarga sadoqatli xizmati evaziga katta yermulk egasi boʻlishgan. 1526-yil Bobur Hindistonni zabt etgan boʻlsada, biroq mahalliy hindi rojalar va afgʻonlar hali batamom taslim boʻlmagan edi. Bobur vafotidan keyin Mahmud Loʻdiy Humoyunga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yuborgan. Sh. Bihar hukmdoriga sadoqat bilan xizmat qilib, asta-sekin hokimiyat jilovini oʻz qoʻliga olgan va Sherxon nomi bilan Bihar hokimi boʻlgan (1533), afgʻonlar orasida rbroʻsi oshib, ularni oʻz atrofida jipslashtirgan. Chavsa (Chausa) va Kannoʻj (Kanauj)da boʻlib oʻtgan 2 ta jangda (1539, 1540) Humoyunni magʻlubiyatga uchratib, Shershoh nomi bilan taxtga oʻtirgan. 1545-yilda rajputlar qalʼasi — Kalanjarni qamal qilish vaqtida halok boʻlgan. shahrining oʻlimidan keyin Shimoliy Hindistonda nizolar kuchayib ketgan. Sh. qisqa davr (1540—45) hukmronlik qilgan boʻlsada, u yersoliq va moliyaviy sohada bir qator muhim islohotlarni amalga oshirgan, keng koʻlamda yoʻl va shahar qurilish ishlarini olib borgan, savdosotiqni rivojlantirish hamda maʼmuriy sohada maʼlum oʻzgarishlar qilgan, hindilar bilan tinchtotuv yashash siyosatini yoqlagan. Sh. joriy qilgan islohotlar uning vafotidan keyin bekor qilingan.
Ad.:Bosvort K.E., Musulmanskiyedinastii, M., 1971; Roʻziyev E., Hindistonda Shershoh davlati, T., 1992.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |